Jizzax viloyatida aliment qarzdorligini undirish ishlari kuchaydi

Aliment undiruv tadbirlarida milliardlab so‘m onalarga to‘lab berildi va yuzlab oilalar taqdiri hal etildi.
Jizzax viloyatida Majburiy ijro byurosi tomonidan aliment undirish, qarzdorlarni ish bilan ta’minlash va oilalarni yarashtirish bo‘yicha samarali choralar amalga oshirilmoqda.
Majburiy ijro byurosi hududiy bo‘limlari tomonidan joriy yilning yanvar oyida 8,8 mlrd so‘m aliment qarzdorligi hamda 512 mln so‘m aliment oldindan undirildi.
Shuningdek, 48 nafar ishsiz aliment to‘lovchilari doimiy ish bilan ta’minlanib, 304 ta oila yarashtirildi.
Farzand alimentini to‘lashdan bo‘yin tovlagan 89 nafar fuqaro qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortildi.
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida bolalar manfaatlari himoya qilinib, ijtimoiy mas’uliyat kuchaytirildi. Aliment to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxslarga nisbatan qonun doirasida qat’iy ta’sir choralari qo‘llanilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!