Korrupsiya haqida xabar bergan fuqarolarga himoya orderi beriladi

O‘zbekistonda korrupsiya holatlari haqida xabar bergan fuqarolarga himoya orderlari berilishi yo‘lga qo‘yiladi. Adliya vazirligi bu haqda davlat rahbari farmoniga tayanib ma’lum qildi.
Hujjatda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda ko‘maklashayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish maqsadida maxsus ko‘krak nishoni ta’sis etilgani ham qayd etilgan.
Shuningdek, joriy yil 1 тiyuldan sinov tariqasida “Raqamli komplayens” axborot-dasturiy majmuasi ishga tushiriladi. U E-Komplayens moduli orqali ichki nazorat jarayonlarini raqamli formatga o‘tkazishni nazarda tutadi.
Markaziy davlat organlarining ichki nazorat bo‘linmalariga qonunbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha majburiy ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan ko‘rsatmalar berish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilish vakolati taqdim etiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!