Shavkat Mirziyoyev prokuratura xodimlarini kasb bayrami munosabati bilan mukofotladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev prokuratura organlari xodimlarini kasb bayrami munosabati bilan davlat mukofotlari bilan taqdirladi. Mukofotlanganlar roʻyxatidan 10 nafar xodim oʻrin oldi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Prezident matbuot xizmati saytida eʼlon qilingan farmonga koʻra, ular ko‘p yillik fidokorona mehnati, mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi, namunali faoliyati hamda alohida xizmatlari uchun eʼtirof etildi. Ularga “Mehnat shuhrati”, “Mardlik”, “Doʻstlik” ordenlari, shuningdek “Jasorat”, “Sodiq xizmatlari uchun” va “Shuhrat” medallari topshirildi.
Avvalroq qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni arafasida agrar soha mutaxassislarini taqdirlash marosimi ham oʻtkazilgandi. Ushbu yoʻnalishdagi mukofotlash toʻgʻrisidagi farmon ham bir kun avval imzolangan, eng munosib vakillarga mukofotlar “Koʻksaroy” qarorgohida shaxsan topshirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!