10:36 / 02.06.2017
183 545

Payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ning nechta xotinlari bor edi?

Payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ning nechta xotinlari bor edi?
24-savol. Qur’on bir vaqtning o‘zida 4 tagacha xotinga ega bo‘lishni ruxsat qiladi, bu to‘g‘rida payg‘ambaringiz aytgan. Buning o‘zi buzuqlik, nafsiga erk berishdir, Injil esa bunday narsalarni man qiladi. Agar unda payg‘ambarlardan birontasining birdan ko‘proq xotini bor edi deyilgan bo‘lsa, Qadimiy Ahd zamonasida kechirimli ish bo‘lgandir lekin baribir u zaiflik. Masih bunday ishlarni man qilgan. Lekin Sizlarning Muhammadingiz ular tomonidan qaror qilingan qoidani buzdi 9 tami 11tami xotini bor edi. Ikki xil o‘lchov hosil bo‘lyapti; biri tanlanganlar uchun, boshqasi oddiy musulmonlar uchun?

24-javob. Qur’onda:"va min kulli shay’in xolaqna zavjayni la’allakum tazakkarun" deyiladi. Tarjimasi -«Sizlar eslatma olishlaring uchun Biz har bir narsani juft-juft kilib yaratdik» (51:49). Odam ham shunday juftlardan hisoblanadi, qaysiki o‘z tanasidan unga xotin yaratildi.

Barchadan buyuk Allohning odamni yaratishi, uning oilaviy hayotining boshlanishi edi. Er va xotinning bir-biri oldidagi mas’uliyati va farzandlari oldidagi mas’uliyati to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yaratgan zotning oldidagi mas’uliyatlaridan kelib chiqadi:
«Ey odamlar, sizlarni bir jon (Odam) dan yaratgan va undan jufti (Havvo)ni yaratgan hamda ikkisidan ko‘p erkak va ayollarni taratgan Rabbingizdan qo‘rqingiz! Shuningdek o‘rtalaringizdagi o‘zaro muomalada nomi keltiriluvchi Allohdan va qarindoshlar ( aloqasini uzish) dan qo‘rqingiz” (4:1).

Odam va Havo birinchi oilaviy juftlik va uning Adamda bo‘lganligi – bu eng komil holatni bildiradi. Nikohdan maqsad qanchalik avlodlarni davom ettirish bo‘lsa, shunchalik muhabbat ham bor. «Uning oyatlaridan (yana biri) — sizlar taskin topishlaringiz uchun o‘zlaringizdan juftlar yaratishi va o‘rtalaringizda inoqlik va mehribonlik paydo qilishidir. Albatta bunda tafakkur qiladigan qavm uchun alomatlar bordir» (30:21).

Sevgi va rahm shafqat – jamiyatda bir butun kabi, ijtimoiy munosabatlarning yaxlit subekti sifatida harakat qilayotgan juftlikning (er xotinning) o‘zaro yordam ko‘rsatishidir. Sevib, sevilib yashaydigan er-xotinlar borgan sari tashqaridan ham bir biriga o‘xshab boradi: “Ayollar va erkaklar xuddi egizaklar kabidirlar” deganlar Payg‘ambar Muhammad sav.
Lekin biz yashab turgan hayot mukammallikdan yiroq, nikoh qurishda majburlash, xato qilishlar, nikohning o‘zida (oilada) esa gunohlar, xatolar uchraydi, urushlar, kasalliklar va boshqa musibatlar bor. Islom yuksak muhabbatni bir xotinlik oilaning majburiy burchi bilan almashtirishga yo‘l qo‘ymaydi, chunki agar sevgi bo‘lmasa va bo‘lmagan bo‘lsa, yuzaki qaraganda ham qonuniy majburlash, tirik qalblarda bir-biriga intilishni, sevgini, baxtni kuch bilan joylashtira olmaydi.

Muhabbat odamlarning o‘ziga va Allohning marhamatiga bog‘liq bo‘lsa ham, Yaratguvchi tanlash ixtiyori bergan va o‘zining qonuniy oilaviy hayotini yanada baxtliroq qilishni istagan odamlar uchun o‘tib bo‘lmas to‘siqlar qo‘ymagan. Gunoh — bu o‘rtalarida munosabatlar to‘g‘ri kelmagan, fahshga yurmagan yoki tug‘maydigan birinchi xotinini taqdir hukmiga tashlab qo‘yishdir. Lekin birinchi xotinini haq-huquqini va obro‘sini saqlagan holda ikkinchisiga uylanish odamiylik va oqilona ishdir. Islom aqlga xos ravishda erkakka bir vaqtni o‘zida faqat to‘rttagacha xotin olishga ruxsat qilib, bunday nikohlar sonini chekladi.

Yakkaxudolik dinlarida ko‘pxotinlik tarixiga kelsak, birinchidan — ko‘pxotinlik qadimiy odat va avliyo zotlardan birontasi, Iso Masih ham buni buzuqlik ekanligi yoki bekor qilish to‘g‘risida gapirmagan. Xudoning payg‘ambarlari va taqvodorlarni bir nechtadan xotinlari bor edi: Iakov-Israil (Yaqub), Avraam (Ibrohim), Moisey (Muso). Ko‘pxotinlikning sabablari odatda, sevgiga va yoki farzandsizlikka bog‘liq shaxsiy sabablar edi. David (Dovud) va Solomon (Sulaymon)ning juda ko‘p xotinlari bor edi. Bu tartib imonlilarga Qur’on nozil bo‘lgunicha Tora (Tavrot) — Muso shariati bilan aniq belgilanib qo‘yilgan edi:

“Agar kimdaki ikki xotini bo‘lsa: biri sevikli va boshqasi seviksiz bo‘lsa, sevimligi ham seviksizi ham unga o‘g‘il tug‘ib bersa, birinchi o‘g‘il seviksizidan bo‘lsa. O‘z mulkini taqsimlashda u birinchi tug‘ilgan seviksiz xotini o‘g‘li oldida sevgili xotini o‘g‘liga birinchilikni bera olmaydi, Birinchi deb seviksiz xotini o‘g‘lini tan olishi lozim”. (Vtor. 21:15-17).
Qonun xotinlarning qaysinisi ma’qulligidan qat’iynazar birinchi tug‘ilgan o‘g‘ilni to‘ng‘ich deb tan olib, barcha xotinlar bolalarini huquqlarini barobarlayapti. Xotinlar soni Tora (Tavrot) bilan cheklanmagan. Islom esa xotinlar sonini chekladi va agar er barcha xotinlariga birdek adolatli muomala qila olmasa, ikkinchi xotinga uylanishni man qilib, sevimli va sevimsiz xotin hukuqini bekor qildi:

“Agar etimlarga (nisbatan) adolatli bo‘la olmaslikdan qo‘rqsangiz, sizlar uchun (nikohi) halol bo‘lgan ayollarga ikkita, uchta, to‘rtdan uylanaveringizlar. Bordi-yu (ular o‘rtasida) odil bo‘la olmaslikdan qo‘rqsangiz, bir ayolga (uylaning) yoki qo‘l ostingizdagi cho‘rilar (bilan kifoyalaning). Shu (adolatdan) og‘ib ketmasligingizga yaqinroqdir” (4:3).

Shu bilan birga erga qat’iy mas’uliyat yuklanadi: Abu Hurayra rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz Muhammad sav aytdilar: “Kimki ikkita xotini bo‘lsa va ularga adolatli bo‘lmasa Qiyomat kuni yarim tanasi pastga osilgan keladi”.
Ikkinchidan birdan ortiq xotinga uylanishga asos huzur halovat emas, balki beva qolgan ayol taqdiriga javobgarlikni zimmasiga olish istagi, nochor ahvolga tushgan ayolni qo‘llab quvvatlash, unga quvonch baxsh etish yoki urug‘larni, qabilalarni birlashtirish istagi bo‘lishi kerak. Islomgacha unisi ham bunisi ham bor edi:

“Agar aka-ukalar birga turishsa va ulardan biri o‘g‘li yo‘q holatda vafot etsa, vafot etganning xotini tashqariga begona erkakka turmushga chiqmaydi, uning qaynog‘asi unga kirishi va uylanishi, u bilan birga yashashi lozim, u tug‘adigan birinchi o‘g‘il o‘lgan akaning ismi bilan qoladi… Agar o‘z yangasini olishni istamasa, kelin uning oldiga borib, oqsoqollar oldilarida uning etigini oyog‘idan echib, yuziga tupursin va: “O‘z birodarining uyini tiklamaydigan odam bilan shunday muomala qiladilar” desin. (Vtor. 25:5-10)
Bevalardan tashqari urushda asirga olingan qizlarga ham uylanish buyurilgan edi. Bu qoidalar eramizning VII asrigacha ham undan keyinroq ham yo‘qolmagan edi, shuning uchun Islom faqat xotinlar sonini chekladi va katta javobgarlik mezonini kiritdi.

Payg‘ambar Muhammad sav xotinlari soniga kelganda quyidagilarni belgilab olish kerak. U zotning barcha nikohlari xotinlar sonini to‘rttaga cheklovchi oyat nozil bo‘lishidan avval bo‘lgan, shuning uchun Muhammad sav hech bir qoidani buzmadilar.U kishi uchun boshqalardan farqli ravishda birgina istisno bo‘lib, boshqalarga to‘rttadan oshmagan xotinlarini olib qolib, qolganlari bilan ajrashish buyurilgan edi, u kishiga esa hech qaysilari bilan ajrishishlari mumkin emas edi, chunki Allohning Payg‘ambaridan ajragan xotin huquqi, obro‘si nima bo‘lar edi. Bundan tashqari Payg‘ambar sav.ni qilgan ishlar sababini ko‘rish uchun tarixni diqqat bilan o‘rganib chiqish kerak. Ma’lumki, Muhammad sav. 15 yil faqat o‘zlari sevgan xotinlari Xadicha ra. bilan yashadilar va boshqa xotin olmadilar.

Lekin Payg‘ambar sav.ning jamiyatdagi martabalari o‘zgardi. U zot nafaqat din targ‘ibotchisi, balki etuk siyosiy arbob, davlat rahbari bo‘ldilar. Tarqoq arab qabilalarini birlashtirish, odamlar o‘rtasida tinchlikni barpo qilish, ko‘p millatli yagona davlat tuzish uchun turli xil tadbirlar qilish lozim edi. O‘sha davrda bunga qadimda katta ahamiyatga ega bo‘lgan “sulolaviy” nikohlar yo‘li bilan ham erishilar edi. Payg‘ambar sav.ning yaqin do‘stlari Abu Bakr arablar o‘rtasida obro‘li va hurmatli inson edilar.U zot ilk islom jamoasini mustahkamlash uchun ko‘p ishlar kildi, shu sababdan Oisha bilan Payg‘ambar savning nikohlanishlari u kishiga ham, musulmon davlati rahbariga ham zaruriy edi, chunki barcha Abu Bakrning urug‘i Muhammad savga qarindosh bo‘lib qoldi, hali ma’naviy etilmagan odamlar uchun qarindoshlik siyosiy birlashish timsoli bo‘lib xizmat qildi. Keyingi hodisalar ham shuni ko‘rsatdiki, ayni Abu Bakr ra Payg‘ambar sav vafotlaridan keyin yosh musulmon davlatini mustahkamladi. Lekin Alloh ta’olo hikmati bilan shunday qildiki, Oisha ra.o‘zlari Payg‘ambar Muhammad savni sevib qoldilar, ularning sulolaviy nikohlari muhabbatga qurilgan va baxtli nikohga aylandi.

Payg‘ambar Muhammad savning musulmon jamoasining etakchilaridan biri bo‘lgan Umar ibn Xattobning qizi Hafsa bilan nikohlari ham davlat maqsadlaridan edi. Bu nikoh musulmon davlatini yanada mustahkamlanishiga va Muhammad sav.ning Umar ra.bilan shaxsan do‘stliklari mustahkamlanishiga sabab bo‘ldi. Payg‘ambar sav.ning boshqa xotinlari dushmanlari, Makka mushriklarining rahbarlaridan Abu Sufyonning qizi – Ramla edi. U ham inkor qilib bo‘lmaydigan darajada obro‘li inson edi. Keyinchalik Muhammad sav.ning g‘alabalaridan so‘ng Abu Sufyon u zotning yaqinlaridan bo‘lib qoldi va arablarning birlashishi uchun ko‘p foydali ishlar qildi.
Vizantiyaning Misrdagi voliysi Muqavqis u kishiga hurmat yuzasidan cho‘ri qilib yuborgan qibtiya qiz Mariya (Maryam) Payg‘ambar sav.ning xotinlaridan edi. Muhammad sav unga uylanish bilan o‘zlarining Misrga ta’sirlari to‘g‘risida o‘ylaganlar.

Payg‘ambar sav.ning yahudiy qizi Sofiyaga uylanishlarida ham davlat maqsadlari ko‘zlangan edi. U yahudiylarning Baniy Nazir qabilasi boshlig‘ining qizi edi. Yahudiy qabilalari bilan musulmonlar o‘rtasida bo‘lgan Xaybar jangida musulmonlarga asirga tushgan edi. Obro‘li insonning qizi bo‘lgani uchun uning hukmini Payg‘ambar Muhammad savga topshirishdi. U zot qizni juda yaxshi qabul qildilar va unga ikki yo‘ldan birini tanlashni taklif qildilar: Islomni qabul qilib musulmonlar bilan ozod ayol sifatida qolish, yoki o‘z xalqiga qaytib ketish. Sofiya birinchi taklifni qabal qildi. Bu qarordan o‘zida yo‘q xursand bo‘lgan Payg‘ambar sav o‘zlariga turmushga chiqishni taklif qildilar.

Shu bilan bir vaqtda Payg‘ambar sav ba’zi xotinlarini mehr-muruvvat ko‘rsatish maqsadida ham olgandilar. 60 yoshlik Zaynab binti Xuzaymaga uylanishlari buning oshkora namunasidir. Badr jangida halok bo‘lgan Ubayda ibn Horisning xotini edi. Eri vafot etgandan so‘ng o‘zining kelajak hayotidan xavfda qoldi, shuning uchun Payg‘ambar sav.o‘z homiyliklarini taklif qildilar, lekin begona erkakning uyiga ayol faqat nikohiga o‘tibgina kirishi mumkin edi xolos.

Shunday qilib Qur’on bizga Alloh tomonidan faqat nikoh juftligini: er va erining tanasidan olingan bir xotin yaratilganini hikoya qiladi. Nikoh – insonning tabiiy va sog‘lom holatidir. Islom shariati erkak kishiga bir vaqtning o‘zida to‘rttagacha xotinga ega bo‘lishga yo‘l qo‘yadi, lekin bu – majburiyat ham, taklif ham emas, faqat og‘ir shartlar bilan chegaralangan ruxsat xolos: barcha xotinlari bilan bir xilda adolatli bo‘lish sharti bilan. Bunga har bir xotini bilan bir xil teng vaqt birga bo‘lish, unga va uning bolalariga etarli ahamiyat berish ham kiradi. Er Allohning oldida barcha xotinlari uchun to‘la javobgar xisoblanadi. Ularning dindorligi, axloqi, ma’lumoti, oziq-ovqati, tibbiy yordam ko‘rsatilishiga va shuningdek barcha bolalari uchun ham to‘liq javobgardir. Barcha xotinlarning o‘ziga alohida maskani bo‘lishi lozim. Yuqoridagi shartlarni bajarish mumkin bo‘lmay qolsa ko‘p xotinlik man qilinadi.

Payg‘ambar Muhammad sav hayotlarining ko‘proq qismi birgina xotin bilan o‘tdi, uni sevardilar va hurmat qilar edilar. Faqat umrlarining oxirida, o‘sib borayotgan katta mamlakatning davlat rahbari bo‘lganlaridan keyin, bir qator sulolaviy nikohlar va shuningdek muruvvat ko‘rsatish uchun (qariya bevalar bilan) nikoh tuzdilar. Ularning soni o‘sha paytda amalda turgan Shariat xukmlariga zid emas edi. To‘rt xotinga uylanish hukmi keyinroq nozil bo‘ldi, va u nozil bo‘lganidan keyin Payg‘ambar sav boshqa uylanmadilar. Xotinlar sonini cheklash oyati nozil bo‘lganidan keyin Alloh faqat O‘zining Rasuliga istisno qildi va Payg‘ambardan sav ajrashgan xotinlar xorlangandek holatga tushib qoladigan bo‘lganlari uchun barcha xotinlarini o‘z qaramog‘larida olib qolishni buyurdi.

Oydin Alizoda
Ali Vyacheslav Polosin

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Payg‘ambar Muhammad (s.a.v)ning nechta xotinlari bor edi?