Komil Allamjonov va Sherzod Asadov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Komil Allamjonov va Sherzod Asadov “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlandi

Prezident administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi maslahatchisi Komil Allamjonov va Prezident administratsiyasining Kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i – prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi. Tegishli Farmon Prezident tomonidan 22 avgust kuni imzolangan.

Mukofot ularga Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga qo‘shgan hissasi, mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti va xalq farovonligini ta’minlash, O‘zbekistonning xalqaro nufuzi va obro‘sini oshirish borasidagi xizmatlari uchun berilgan.

Shuningdek, ularning jamiyatda barqarorlikni mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rivojlantirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi faoliyati ham e’tirof etilgan.

Komil Allamjonov 1984 yilda Toshkentda tug‘ilgan. U faoliyatini jurnalistika sohasida boshlagan, keyinchalik Davlat soliq qo‘mitasi matbuot xizmatiga rahbarlik qilgan. Turli yillarda Prezident Administratsiyasi, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Hozirda Prezident Administratsiyasi rahbarining maslahatchisi va O‘zbekistonning AQSHdagi vakili.

Allamjonov, shuningdek, Jorj Vashington universitetining Markaziy Osiyo dasturi bo‘yicha maxsus maslahatchisi sifatida ham faoliyat yuritadi.

Sherzod Asadov 1981 yilda Buxoro viloyatida tug‘ilgan. U uzoq yillar Tashqi ishlar vazirligi tizimida, shuningdek, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida faoliyat yuritgan. 2020 yilda TIV vazirining o‘rinbosari bo‘lgan. 2021 yildan Prezident matbuot kotibi sifatida ishlagan Asadov ayni paytda Prezident Administratsiyasi Kommunikatsiyalar departamentini boshqarmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar