19:09 / 06.06.2017
10 956

P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktorining 2 o‘rinbosari ham ishdan ketdi

P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktorining 2 o‘rinbosari ham ishdan ketdi
Avvalroq, Toshkent shahrida joylashgan P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktori Lutfi Yo‘ldoshevna Yusupova o‘z arizasiga binoan ishdan olingani haqida xabar bergan edik.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Axborot xizmatidan “Qalampir.uz” saytiga xabar berishlaricha, kecha, 5 iyun kuni direktor bilan birga uning o‘rinbosarlari ham ishdan olingan. Direktorning o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Bo‘rixo‘jaeva hamda ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Vazira Hasanova ham o‘z vazifalaridan ozod etilgan.

Direktorning professional ta’lim ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Fotima Alimova o‘z joyida qolgan.

Eslatib o‘tamiz, P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimov joriy yilning 3 may kuni o‘z kursdoshlari tomonidan kaltaklanib, 5 marta jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazgach, joriy yilning 1 iyun kuni olamdan o‘tgan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » P.F.Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji direktorining 2 o‘rinbosari ham ishdan ketdi