O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi ilmiy xodimi, ximik-olim Sharibay Turemuratov barxan qumidan silikat g‘isht tayyorlash usulini ixtiro qildi, deya xabar bermoqda Qalampir.uz nashri.
Ushbu yangi ixtiro, ya’ni silikat g‘isht asosan ohak (15%) va barxan qumi (85%) asosida olinadi. Silikat g‘isht formasi, o‘lchami va foydalanish turi bo‘yicha keramik g‘ishtdan qolishmaydi.
Yangi ixtiro qilingan silikat g‘ishtining o‘lchami 250x120x65 mm bo‘lib, mexanik mustahkamligi 75, 100 i 125, 150 i 200 marka ko‘rsatkichlariga ega. Shuningdek, g‘ishtning suv shimish birligi 8-16%; issiqliq o‘tkazish koeffisienti 0,70-0,75 kkal/m·ch·grad, ko‘lam massasi 1800-1900 kg/m3ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar silikat g‘ishtning hususiyati keramik g‘ishtdan bir necha baravar yuqori ekanligini bildiradi.
Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari (afzalliklari) bo‘yicha silikat g‘isht keramik g‘ishtdan ancha arzonga tushadi. Silikat g‘isht ishlab chiqarishda keramik g‘ishtga qaraganda 2 baravar kam yoqilg‘i, 3 baravar kam elektr energiyasi, 2,5 baravar kam ishchi kuchi talab etiladi. Silikat g‘ishtning tannarxi keramikka qaraganda 25-35 foizga arzon bo‘ladi.
Bugungi kunda yangi g‘isht aprobasiya va laboratoriya tajriba namunasi sifatida o‘rganilmoqda. Yaqin kunlarda kashfiyot amaliyotda foydalanishga tatbiq etiladi.
– Qoraqalpog‘iston hududida 142ta kon mavjud bo‘lib, ulardan 12 turdagi mineral xomashyo qazib olinadi. Xomashyoning aksariyat qismi g‘isht xomashyosiga (33), karbonatli jinslarga (37), gips (9) va sement (13) xomashyolariga tegishlidir, - deydi ixtirochi-olim Sh.Turemuratov. – Biz ixtiro qilgan g‘isht turining xomashyosi o‘zimizda juda ko‘p miqdorda topiladi. Bu g‘isht oddiy barxan qumidan olinadi. Mahalliy xomashyodan tayyorlanadigan ushbu silikat g‘isht arzon, sifatli va zamonaviy qurilish materiali hisoblanadi.
Ma’lumot uchun shuni ma’lum qilamizki, kvars qumlaridan tayyorlanadigan silikat g‘isht turi bo‘lib, lekin kvars qumlari O‘zbekistonda deyarli yo‘q. Barxan qumlari esa O‘zbekiston hududining asosiy qismini egallagan. Qizilqum (300 ming kv.km.), Ustyurt (200 ming kv.km.), Orolqum (38 ming kv.km.) qumlik sahrolari shular jumlasidandir. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»