
Moskvaning "Dinamo" klubi hujumchisi Konstantin Tyukavinning manfaatlarini himoya qiluvchi futbol agenti Aleksey Safonov Rossiya terma jamoasining BetBoom do'stlik o'yinlari uchun kengaytirilgan tarkibiga Tyukavinning kiritilishi bo'yicha izoh berdi. "Konstantin kengaytirilgan ro'yxatga kiritilishini bilmasdim.
Valeriy Karpin - tajribali futbolchi va murabbiy. Agent qo'ng'iroq qilib: 'mening futbolchimni kiritib qo'ying', deyishi - bu mantiqsizlik," - dedi Tyukavin vakili "Sport-Ekspress" nashriga bergan intervyusida.
Joriy mavsumda Konstantin sakkizta o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga ikki gol va ikkita golli uzatma yozib qo'ygan. Noyabr oyida Rossiya terma jamoasi Peru va Chili terma jamoalariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar