Bavariya Lennart Karl bilan yangi shartnoma imzolaydi

Bavariya Lennart Karl bilan yangi shartnoma imzolaydi
Myunxenning "Bavariya" futbol klubi yosh himoyachi Lennart Karl bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorlanmoqda. Futbolchi 2026-yil fevral oyida 18 yoshga toʻlgach, uning amaldagi shartnomasi professional darajaga oʻzgartiriladi va u 2029-yilgacha davom etadi.

Bu haqda Sky Germany xabar bermoqda. Hozirda Karlning shartnomasi 2028-yilgacha amal qiladi, ammo yangi kelishuv unga yaxshilangan maosh va boshqa shart-sharoitlarni taqdim etadi.

Shuningdek, futbolchining shartnomasida tovon puli haqidagi band yoʻqligi ham taʼkidlangan. Lennart Karl yaqinda Bundesliga doirasida "Borussiya Myonxengladbax"ga qarshi uchrashuvda (3:0) va Chempionlar ligasida "Bryugge"ga qarshi oʻyinda (4:0) oʻzining yuqori darajasini namoyish etib, bu musobaqalarda ilk gollarini kiritdi.

Bundan tashqari, Karl "Bavariya" safida Chempionlar ligasida rekord oʻrnatgan futbolchi sifatida ham tarixga kirdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar