date

Yamal nega Realga qarshi yaxshi o‘ynay olmadi?

Yamal nega Realga qarshi yaxshi o‘ynay olmadi?
Lamin Yamal "Real"ga qarshi o‘yinda o‘zini yaxshi ko‘rsata olmadi va "Barselona" 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Mashhur sport shifokori Pedro Luis Ripolning fikricha, Yamaldagi muammo kuzda duch kelgan chov sohasi jarohati bilan bog‘liq.

"Bunday jarohatni davolash juda qiyin. Uning o‘ziga xos tomoni shundaki, u og‘riq keltiradi, bu esa harakatlanish va zarba berish kuchini deyarli 50 foizga pasaytiradi.

Biz buni "El-Klasiko"da ham ko‘rdik. Yamal deyarli darvozaga zarba bermadi, unga harakat qilish qiyin edi.

Bunday og‘riq bilan o‘ynash mumkin, lekin u o‘z darajasida o‘ynashga xalaqit beradi va samaradorlikni sezilarli darajada kamaytiradi", - dedi Ripol "El Larguero" dasturida. "Barselona" hozirda Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yamal nega Realga qarshi yaxshi o‘ynay olmadi?