
Toshkent shahrida 2025-yil 12-noyabrdan boshlab issiq suv va markazlashtirilgan isitish xizmatlari uchun yangi tariflar joriy etiladi.
Shahar hokimi qaroriga binoan, aholi, byudjet tashkilotlari hamda boshqa to‘g‘ridan to‘g‘ri iste’molchilar uchun quyidagi tariflar tasdiqlandi:
Asosiy tarif: 711 641 so‘m/Gkal (QQSsiz);
Aholi uchun: 139 860 so‘m/Gkal (QQSsiz);
Byudjet tashkilotlari uchun: 925 797 so‘m/Gkal (QQSsiz);
Boshqa iste’molchilar uchun: 342 296 so‘m/Gkal (QQSsiz).
Yangi hisob-kitoblarga ko‘ra, poytaxt aholisi uchun issiq suvning 1 kub metri QQS bilan 8 928,7 so‘mni tashkil etadi. Agar xonadonda hisoblagich o‘rnatilmagan bo‘lsa, bir kishi uchun oylik to‘lov 34 868,9 so‘m miqdorida belgilanadi.
Isitish uchun esa yangi tarif bo‘yicha har bir isitiladigan kvadrat metr uchun 241,4 so‘m (QQS bilan) to‘lov olinadi.
“Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi ma’lum qilishicha, poytaxt aholisi issiqlik energiyasining to‘liq qiymatini to‘lamaydi — xarajatlarning qariyb 80 foizi mahalliy byudjet subsidiyasi hisobidan qoplanadi. Bu mexanizm aholining to‘lov yukini kamaytirish va ijtimoiy barqarorlikni saqlashga xizmat qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!