Namanganda ayol rashk tufayli erini farzandlari oldida o‘ldirdi

1 daqiqa o'qish861
Namanganda ayol rashk tufayli erini farzandlari oldida o‘ldirdi

Namangan viloyati Chortoq tumanida ayol turmush o‘rtog‘ini farzandlari ko‘z o‘ngida pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda “Daryo” nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1989 yilda tug‘ilgan S. 2009 yilda N. ismli erkak bilan turmush qurgan va ularning uch nafar farzandi bor edi.

Biroq vaqt o‘tishi bilan er-xotin o‘rtasida munosabatlar sovuqlashgan. S. Telegram orqali boshqa erkaklar bilan yozishgani aniqlangan. 2025 yil 28 fevral tungi soat 2:30 atrofida eri telefonidagi shubhali xabarlarni ko‘rib qoladi va ayolidan izoh so‘raydi.

Janjal avj olib, bolalar ham uyg‘onib, ularni tinchlantirishga uringan. Biroq er rashk va g‘azab ta’sirida xotinini uydan haydashini va qarindoshlariga bo‘lgan ishni aytmoqchiligini bildirgan.

Ayol esa sharmandalikdan qo‘rqib, g‘azab ichida oshxona pichog‘ini olib, turmush o‘rtog‘ini bir necha marta pichoqlagan. N. ko‘p qon yo‘qotishi oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudi hukmiga ko‘ra, ayol aybdor deb topilib, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi asosida 10 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Hodisa oilaviy zo‘ravonlik va rashk oqibatlarining yana bir fojiali namunasi sifatida muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?