O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Bu haqda «O‘zA»ga tayanib «Daryo» xabar berdi.
Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ular to‘la amalga oshirildi.
Tashrif yakunlariga ko‘ra, ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard so‘mga yaqin 242 ta loyiha bajarildi. Bu qariyb 4 mingta ish o‘rni tashkil etish imkonini berdi.
Masalan, Qorao‘zak tumanidagi «Qoraqalpoq sement» korxonasida birinchi bosqichda yiliga 200 ming tonna sement, Nukus shahridagi «Texnik global» korxonasida Samsung brendi ostida yiliga 150 ming dona televizor, «Nukus polimer» korxonasida yiliga 8 ming tonna polietilen truba va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
To‘rtko‘l tumanidagi «Vegateks global» korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda.
Qoraqalpoq eli uchun nihoyatda muhim va dolzarb masala bo‘lgan ichimlik suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. Shuni inobatga olib, qisqa vaqt davomida 101 kilometrlik «Qo‘ng‘irot—Mo‘ynoq» suv quvuri va «Qo‘ng‘irot» suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Mo‘ynoq tumanidagi 25 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.
Bundan tashqari, investitsiya dasturiga muvofiq byudjet mablag‘lari va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mavjud suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va yangilandi. Shu tariqa 35 ta aholi punktida 50 mingdan ziyod odam ichimlik suvi bilan ta’minlangani bu boradagi ishlarning izchil davomi bo‘ldi.
Nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun O‘zbekistonning faxri bo‘lgan, dunyoda «Sahrodagi Luvr» deb shuhrat qozongan I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi.
Qoraqalpoq davlat o‘lkashunoslik muzeyi binosi, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i, zamonaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jome masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.
Bunday o‘zgarishlar barcha tumanlarda, qishloq va ovullarda ro‘y berdi. Hudud iqtisodiyoti rivojlandi, aholi turmush darajasi oshdi. Eng muhimi, odamlar buni o‘z hayotlarida sezmoqda.
Shu bois Qoraqalpog‘iston aholisi O‘zbekiston Prezidentining bu galgi tashrifini ham ko‘tarinkilik bilan kutdi. Tashrif doirasida shu paytgacha bajarilgan ishlarni tahlil qilish, barcha sohalarni rivojlantirish bo‘yicha kelgusi ikki yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlar va dolzarb vazifalarni belgilab olish rejalashtirilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Filippinga «Toraji» to‘foni yopirildi