5 514
«Texnikaga qiziquvchi o‘quvchini she’r yodlashga majburlashdan ne naf?» — Vazirlikka taklif
Bugungi kunda respublikamizning barcha sohalarida ilg‘or islohotlar, yangiliklar, o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Bu amalga oshirilayotgan islohotlar jamiyat rivoji, xalq farovonligiga xizmat qilishi prezident tomonidan bot-bot ta’kidlanmoqda. Bir yil ichida qabul qilingan bir necha o‘nlab qaror, farmon va farmoyishlar jamiyatimizning barcha sohalarini keng qamrab oldi.
Boshqa sohalar qatori ta’lim tizimida ham muhim va zaruriy qarorlar tufayli, bir necha yillardan beri mavjud bo‘lgan muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan islohotlar boshlab yuborildi.
Jumladan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 sentyabrda maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish haqidagi farmonni imzolagani, to‘qqiz yillik maktab ta’limidan o‘n bir yillik ta’lim tizimiga qaytilishi kabi muhim hujjatlar qabul qilingani, samarali ta’lim tizimini takomillashtirishda va jahon standartlari asosida tashkil qilinishida muhim ahamiyatga ega.
Ma’lumki, ko‘pchiligimiz Yaponiya, Janubiy Koreya, AQSh, Kanada, Germaniya, Singapur, Buyuk Britaniya, Finlyandiya kabi rivojlangan davlatlar ta’lim tizimiga havas bilan qaraymiz. Bizning, yangi bosqichga ko‘tarilayotgan ta’lim tizimimizda ham, mazkur davlatlar ta’lim tizimiga namuna sifatida qarash va kerakli uslubiyatlarni qo‘llash boshlandi.
2000 yildan buyon har uch yilda Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish tashkiloti (ing, Organisation for Economic Co-operation and Development, OECD) tomonidan 15 yoshgacha maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan «O‘quvchilarning bilim darajasini baholash dasturi» (ing, Programme for International Student Assessment, PISA) yordamida dunyoning 70ga yaqin davlatidan o‘quvchilar qatnashishadi. Mazkur dastur yordamida o‘tkazilgan oxirgi test natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda Finlyandiya ta’lim tizimi dunyoda yetakchilik qilmoqda. (1-jadval)
2016 yil Test tadqiqotlari natijalari (PISA)
1-jadval
Manba: Programme for International Student Assessment (PISA) https://www.oecd.org/pisa
Manba: Programme for International Student Assessment (PISA) https://www.oecd.org/pisa
Xo‘sh, qanday va nima sababdan fin ta’lim tizimi shu darajaga erishdi? Bu mamlakat ta’lim tizimini o‘rganib ko‘radigan bo‘lsak, ular ham bizning davlatimiz tomonidan qo‘llaniladigan mutlaqo bepul va aholining turmush darajasidan qat’i nazar, sharoit hamda imkoniyatlari teng maktab ta’lim tizimidan foydalanishadi.
Bu ilg‘or mamlakatlar maktab ta’limi tizimida bu yutuqlarga qisqa muddatda erishmaganliklarini hamma yaxshi biladi. Bunga bir necha o‘nlab yillar kerak bo‘lgan.
Vatanni va uning yuksak kelajagini ko‘zlovchi har bir fuqaro sifatida men ham ta’lim tizimimiz o‘zgacha va o‘z salohiyatiga ega bo‘lishini, bizning ta’lim tizimimizga ham namuna sifatida qaralishini istayman.
Shu maqsadda, Xalq ta’limi vazirligiga bir nechta taklif bildirmoqchiman.
1. Maktab ta’limida ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan birga yuqori sinflarga sohaviy (iqtisod, buxgalteriya, moliya, muhandislik, soliq, bojxona, huquqshunoslik, siyosatshunoslik va boshqalar) kabi fanlardan ham shu sohada faoliyat olib boruvchi mutaxassislarni jalb qilgan holda eng kamida haftada 1 marotaba darslar o‘tilishini yo‘lga qo‘yish;
2. Mazkur sohaviy darslar orqali bitiruvchi sinflardan (9, 10, 11) o‘z qiziqishi mavjud soha bo‘yicha o‘quvchilarni ajratib olish va ularga ko‘proq o‘zlari tanlagan sohaga yo‘naltirish hamda dastlabki bilim va ko‘nikmani berishga harakat qilish;
3. Maktabda yo‘lga qo‘yilgan soha darslariga jalb qilingan mutaxassislarga shu jalb qilingan davr uchun, ish haqlarini ikki hissa orttirib, ularning ham mazkur jarayonda faol ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga erishish.
Bu jarayonni joriy etish orqali nimaga erishiladi?
Birinchidan, har bir maktab o‘quvchisi bitiruv davriga kelib, qaysi sohani tanlashga qiynaladi va ikkilanadi. Ularga, maktab ta’limida mazkur jarayonni qo‘llash orqali, kelajakdagi aniq sohalarini tanlashga yordam beriladi;
Ikkinchidan, o‘rta maktabni tugatgan o‘quvchi oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan sohaviy darslardan dastlabki bilim va ko‘nikmaga ega bo‘ladi;
Uchinchidan, maktab ta’limi va oliy o‘quv yurti o‘rtasidagi «uzilish»lar yo‘qoladi, ya’ni, maktabda mutlaqo boshqa ta’lim, oliy ta’lim yurtlarida umuman boshqa ta’lim kabi tamoyillar bartaraf etiladi;
To‘rtinchidan, bu jarayon ayniqsa bugungi kunda juda zarur, sababi o‘zini oqlamagan kollej va litseylarda berilishi zarur bo‘lgan ko‘nikma maktabning o‘zida o‘quvchi tomonidan olinadi;
Beshinchidan, 2018 yildan joriy etilgan 11 yillik maktablarni tamomlagan o‘quvchilar, ularga o‘z hayotiy bilim va tajribalari asosida darslarga jalb qilingan, sohasining yetuk mutaxassislariga havas ruhi uyg‘onishiga, bilim hamda tafakkurlari oshishiga erishiladi.
Bundan tashqari, agar mazkur jarayon maktab ta’lim tizimiga joriy qilinsa, texnika va texnologiyalarga qiziquvchi o‘quvchiga majburlab she’r yodlatishdan, shoirsifat o‘g‘il qizlarimizga kimyodan qaysidir moddani ajrata olmagani uchun «2» baho qo‘yishdan qutilarmidik. Axir, «bo‘ynidan bog‘langan it ovga yaramas»ligini hammamiz yaxshi bilamiz-ku?!
Bu bilan, maktabda adabiyot yoki kimyo fani o‘qilishiga qarshiman demoqchi emasman, aslo! Shunchaki, umumiy ijtimoiy-gumanitar fanlar bilan bir qatorda, aynan, o‘z sohasini tanlash vaqti kelgan, kelajagini o‘ylay boshlagan 9–11 sinfdagi yoshlarimizga yordamlashaylik, ularga kelajakda «qo‘li yengil do‘xtir», «buyuk iqtisodchi olim», «geniy muhandis» bo‘lishlariga yo‘l ko‘rsatishni aynan, maktab ta’limidan boshlaylik dimoqchiman. Ta’limga muammo emas, yechim sifatida qarashimiz zarur.
Rizamat Usmonov,
iqtisodchi.
iqtisodchi.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas