
Toshkentda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya” matbuot xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyati “O‘zenergoinspeksiya” boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbiri davomida Bektemir tumanidagi “P. K.
R.” MCHJga tegishli ko‘p qavatli uy tekshirildi. Tekshiruv jarayonida mazkur ko‘p qavatli uyning turli jihozlari elektr ta’minotiga o‘zboshimchalik bilan ulanib, yirik miqdorda noqonuniy elektr energiyasi ishlatilgani aniqlandi.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar miqdori 2 milliard 543 million so‘mni tashkil etdi. Holat yuzasidan to‘plangan barcha materiallar huquqni muhofaza qilish organlariga yuborildi.
Tekshiruv natijasiga ko‘ra mas’ul shaxslarning qilmishiga huquqiy baho beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “O‘g‘irlik” moddasining 4-qismi bo‘yicha aybdorlar 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar