
Qarzdor fuqarodan “Hududgaz Sirdaryo” aksionerlik jamiyati gaz ta’minoti korxonasi foydasiga 2,2 mln. so‘m qarzni undirish to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha Boyovut tumanlararo sudining 10.10.2025-yildagi qarori bo‘yicha ijro harakatlari Majburiy ijro byurosining Xovos tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan.
Ijro harakatlari davomida qarzdorlik ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaganligi bois, majburiy ijro harakatlariga kirishilgan va qarzdorga tegishli "VAZ-2107" rusumli avtomashina xatlanib, jarima maydoniga joylashtirilgan.
Natijada, qarzdor tomonidan 2,2 mln so‘m qarzdorlik to‘liq to‘langan va ijro hujjati ijrosi tamomlangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing