Oliy Majlis Qonunchilik palatasida xalqimizning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan qonun loyihalari deputatlar tomonidan atroflicha ko‘rib chiqilmoqda.
Ana shulardan biri quyi palataga Prezidentimiz tomonidan qonunchilik tashabbusi huquqi asosida kiritilgan “Sud-tergov faoliyatida fuqarolarning huquq va erkinliklari kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasidir. Ayni paytda ushbu hujjat qizg‘in muhokamalardan so‘ng, birinchi o‘qishda qabul qilindi.
Mazkur qonun loyihasining ishlab chiqilishida davlatimiz rahbarining 2017 yil 30 noyabrdagi Farmoni asos bo‘ldi.
Binobarin, Farmonda qonunchilikda jinoyat ishlarini tergov qilish va ko‘rib chiqish jarayonida dalillarni to‘plash, tekshirish hamda baholashda qonuniylik va xolislikni ta’minlashga to‘sqinlik qiluvchi huquqiy bo‘shliqlarning mavjudligi, ushbu holatlar fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarning samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani, natijada aholining haqli e’tiroziga, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga va sudning beg‘arazligiga bo‘lgan ishonchi pasayishiga olib kelayotgani ta’kidlangan edi.
Qonun loyihasi Farmonda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan nihoyatda ahamiyatlidir. Chunki ushbu hujjatning qabul qilinishi bilan dalillarni soxtalashtirganlik (qalbakilashtirganlik) uchun jinoiy javobgarlik belgilanadi. Yolg‘on guvohlik va yolg‘on xabar berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
Qonunga xilof usullar orqali olingan dalillardan, shu jumladan, jinoyat protsessi ishtirokchilariga yoki ularning yaqin qarindoshlariga nisbatan ruhiy, psixologik, jismoniy yoxud boshqacha tarzda bosim o‘tkazish, qiynoqqa solish, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo‘llagan holda hamda noma’lum manbadan yoxud jinoyat ishini yuritish jarayonida aniqlash mumkin bo‘lmagan manbadan olingan ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
Qiynoqqa solish va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala turlarini qo‘llaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi hamda dalillarni to‘plash va mustahkamlashda ruxsat berilmagan usullar qo‘llanilganligi to‘g‘risidagi murojaatlar prokuror yoki sud tomonidan zudlik bilan zarur ekspertizalarni o‘tkazgan holda majburiy tekshiriladi.
Ushlangan shaxslarning qamoqqa olish tarzidagi sirtdan qabul qilingan ehtiyot chorasi ustidan sud tartibida shikoyat qilish huquqlari, shuningdek, himoyachilarning dalillarni to‘plash va taqdim etishga bo‘lgan huquqlarining kengaytirilishi yana bir muhim yangilik hisoblanadi.
Bundan tashqari, qonun loyihasida o‘ta og‘ir jinoyatlar bo‘yicha hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, tintuv, ko‘rsatuvlarni hodisa sodir bo‘lgan joyda tekshirish, tergov eksperimentini videoyozuv tarzida majburiy qayd etish, shuningdek, sud muhokamasi jarayonida stenografiya yuritish majburiyligi belgilanmoqda.
Shu bilan birga, prokuror tomonidan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab turilgan yoki ma’muriy qamoqqa olingan shaxslardan jinoyatlar to‘g‘risida olingan arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlarni darhol ro‘yxatga olish va hal qilishda jinoyat-protsessual qonun hujjatlari talablariga rioya etilishining shartligini belgilash nazarda tutilgan.
Mazkur qonunning qabul qilinishi jinoyat, jinoyat-protsessual qonunchiligi normalarini yanada takomillashtirish hamda huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlari samarali himoya qilinishini kafolatlaydi.
Sherzod TO‘XTAShEV,
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputati.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
Qonunchilik palatasi deputati.
Manba: xs.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi