
Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksis Mak Allister "Liverpul"dagi holatidan to'liq mamnun. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, jahon chempioni "Liverpul"ni zudlik bilan tark etishni rejalashtirmayapti, garchi Madridning "Real" klubi unga jiddiy qiziqish bildirayotgan bo'lsa ham. Avvalroq, "Real" 26 yoshli yarim himoyachini yanvar oyida transfer qilishni rejalashtirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Joriy mavsumda Mak Allister barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Futbolchining "Liverpul" bilan shartnomasi 2028 yilga qadar mo'ljallangan.
Transfermarkt ekspertlari uning narxini 100 million yevro atrofida baholamoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar