date

Farg‘onada bog‘ga qo‘y kirishi mojaroga aylanib, inson hayotiga zomin bo‘ldi

Farg‘onada bog‘ga qo‘y kirishi mojaroga aylanib, inson hayotiga zomin bo‘ldi

Farg‘ona viloyatida bog‘dagi qo‘ylar sabab sodir bo‘lgan oddiy kelishmovchilik fojeali oqibat bilan yakunlandi. 5-noyabr kuni O‘zbekiston tumani “Qorayozbobo” mahallasiga qarashli Mallaxon qishlog‘ida 38 yoshli Z.M. qo‘shnisi bilan janjallashib, og‘ir zarbalar oqibatida halok bo‘ldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhum o‘sha kuni o‘z bog‘ini tekshirish uchun chiqqan. U yerda qo‘shnisiga tegishli qo‘y daraxtlarni sindirib yurganini ko‘rib, e’tiroz bildirgan. Aytilishicha, bu og‘zaki tortishuvga aylanib, keyin jismoniy mojaroga o‘tgan. 1985-yilda tug‘ilgan A.H. ismli qo‘shni tosh olib, Z.M.ning orqa miyasi, yuzi va bosh qismiga zarb bergan. Oqibatda erkak joyidayoq vafot etgan.

Manba ma’lumoticha, marhum besh nafar farzandning otasi bo‘lgan. Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy izoh berdi. Ta’kidlanishicha, mazkur voqea bo‘yicha Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi (qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish, inson o‘limiga sabab bo‘lgan hollarda) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi qamoqqa olingan va hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hodisa Farg‘ona viloyati IIB rahbariyati tomonidan shaxsan nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan qotillik jamiyatda katta tahlikani keltirib chiqargandi — erkak sobiq turmush o‘rtog‘i va uning ota-onasini yuk mashinasi bilan bosib, vahshiylarcha o‘ldirgani uchun umrbod ozodlikdan mahrum etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada bog‘ga qo‘y kirishi mojaroga aylanib, inson hayotiga zomin bo‘ldi