
Angliya Premer-ligasining 11-turida “Tottenhem” o‘z maydonida “Manchester Yunayted”ni qabul qilib, muxlislarga nafas tortdirmaydigan uchrashuv taqdim etdi. Hisob 2:2 hisobida yakunlandi, har ikki jamoa ham g‘alaba uchun so‘nggi daqiqalargacha kurashdi.
Bellashuvning ilk qismida mehmonlar faolroq o‘yin ko‘rsatdi va 32-daqiqada Brayan Mbeumo hisobni ochib, “Manchester Yunayted”ni oldinga olib chiqdi. Biroq “taqachilar” bu goldan so‘ng o‘yinni kuchaytirib, oxirgi daqiqalarda ishni o‘z qo‘liga oldi.
84-daqiqada Tel jamoasining hisobni tenglashtiruvchi goliga mualliflik qildi. Shundan so‘ng o‘yin yanada qizidi — 90+1-daqiqada Risharlisonning aniq zarbasi “Tottenhem Xotspur Stedium”ni qo‘zg‘atib yubordi va mezbonlar g‘alaba yo‘lida qadam tashladi.
Biroq “qizil iblislar” ham taslim bo‘lishni xohlamadi. 90+6-daqiqada Matteys de Ligt burchak zarbasidan keyin jamoasiga qutqaruvchi golni kiritdi va uchrashuv 2:2 hisobida yakun topdi.
Bu natijadan keyin “Tottenhem” ochkolarini 18 taga yetkazib, jadvalda 3-o‘rinni mustahkamladi. “Manchester Yunayted” ham 18 ochko bilan 7-pog‘onaga ko‘tarildi.
APL. 11-tur natijasi:
“Tottenhem” – “Manchester Yunayted” 2:2
Gollar: Tel (84’), Risharlison (90+1’) — Mbeumo (32’), De Ligt (90+6’).
Tottenhem: Vikario, Paliniya, Simons, Risharlison, Romero, Jonson, Pedro, Spens, Sarr, Van de Ven, Kolo Muani.
Manchester Yunayted: Lammens, Mazraui, De Ligt, Maguayr, Fernandesh, Kunya, Dorgu, Amad, Kazemiro, Mbeumo, Shou.
Uchrashuv juda shiddatli ruhda o‘tdi — har ikki jamoa ham nafaqat himoyada, balki hujumda ham yuksak tezlik va qaytmas ruh bilan harakat qildi. Bu durang har ikki tomon uchun ham o‘ziga xos “xarakter sinovi” bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!