Uch yoki to‘rt yo‘lakli, xo‘jalik imoratlari va obod hovlilari bo‘lgan ikki va uch qavatli ko‘p kvartirali uylar;
2 sotixlik yer uchastkasida barpo etiladigan bir qavatli ikki va uch xonali arzon uylar;
4 sotixlik yer uchastkasida barpo etiladigan umumiy maydoni 115 kvadrat metr bo‘lgan yagona blokka birlashtirilgan ikki qavatli to‘rt xonali uylar.
Kimlar sotib olishi mumkin?
- Boshqa oila yoxud boshqa oilalar bilan bir uyda (bir kvartirada) birgalikda yashovchi oila;
- ko‘p bolali oila;
- to‘liq bo‘lmagan oilada bolani (bolalarni) tarbiyalayotgan ona (ota);
- daromadi yuqori bo‘lmagan oila (bir oydagi jami daromadi har bir oila a’zosiga belgilangan eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorigacha to‘g‘ri keladigan oila);
- tarkibida birinchi guruh nogironi bo‘lgan yoxud surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va qonun hujjatlariga muvofiq alohida xonada yashashga ehtiyoj sezuvchi shaxs bo‘lgan oila;
- shuningdek, uy-joy maydoni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv.metrdan kam bo‘lmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq bo‘lmagan oila sotib olishi mumkin.
Qanday hujjatlar kerak?
Arzon uy-joy olish uchun doimiy yashash joyi bo‘yicha tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan maxsus komissiyaga ariza va kerakli hujjatlarni taqdim etish kerak.
Ariza bilan birga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi:
a) ariza beruvchida mulk huquqi bilan turar joyning yo‘qligi va turar joyda ijarada yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;
b) boshqa oila bilan bir uyda (bir kvartirada) yashashi;
v) ko‘p bolali;
g) ariza beruvchi oilasining daromadi;
d) bir yoki undan ko‘p bola ota-onalardan biri (to‘liq bo‘lmagan oila) tomonidan tarbiyalanishi va boqilishi;
ye) ariza beruvchining oila a’zolari orasida surunkali kasallikning og‘ir turlaridan azob chekuvchi va O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi tasdiqlagan ro‘yxatga muvofiq alohida xonada yashashga muhtoj bo‘lgan shaxsning mavjudligi;
j) ariza beruvchining oila a’zolari orasida birinchi guruh nogironi mavjudligi;
z) uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv.metrdan kam bo‘lmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi.
Komissiya rad etishi mumkinmi?
Quyidagilar arizaning rad etilishiga sabab bo‘ladi:
hujjatlarning to‘liq taqdim etilmaganligi;
taqdim etilgan hujjatlarda ishonchsiz yoki buzilgan ma’lumotlar mavjudligi;
ariza beruvchining uy-joy sharoiti ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini o‘rganish bo‘yicha tuzilgan dalolatnomada ariza beruvchida uy-joy sharoitini yaxshilashga ehtiyoj yo‘qligining asosli ko‘rsatilishi;
ilgari qishloqlarda arzon uy yoki yakka tartibdagi uy olgan shaxsning va (yoki) uning oila a’zolari(eri, xotini, ota-onasi, farzandlari)ning takroriy murojaati.
Boshqa holatlar bo‘yicha arizani rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Komissiya uy-joy berish maqsadga muvofiq degan xulosaga kelganda yozma tavsiyanoma beradi.
Yozma tavsiyanoma olgan fuqaro yashash joyi bo‘yicha «Qishloq qurilish» injiniring kompaniyasining mintaqaviy filialiga murojaat qiladi.
Injiniring kompaniyasi murojaatga asosan fuqaro bilan dastlabki shartnoma tuzadi.
Dastlabki shartnoma va yozma tavsiyanoma bankdan ipoteka krediti olish uchun asos hisoblanadi.
Bunda arzon-uy joy olishga talabgor shaxs bankka uy qiymatining kamida 25 foizi miqdorida badal pulini to‘lashi shart.
Uy-joy sotilayotganini qanday bilish mumkin?
Yakka tartibda uy-joy qurish uchun injiniring kompaniyasi tomonidan tanlangan yer massivlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar har yili 1 iyungacha mahalliy ommaviy axborot vositalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari orqali mahalliy aholi, tadbirkorlar hamda manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar e’tiboriga yetkazilishi shart.
Bobur Karimov,
Adliya vazirligi mas’ul xodimi
Adliya vazirligi mas’ul xodimi
Manba: Xabar.uz
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?