16:36 / 28.05.2019
2 674

Adliya vazirligi: Majburiy notarial tasdiqlanadigan harakatlar sonini qisqartirishimiz lozim

Adliya vazirligi: Majburiy notarial tasdiqlanadigan harakatlar sonini qisqartirishimiz lozim
Bu haqda 27 may kuni Adliya vazirligi tomonidan qator OAV vakillari uchun tashkil etilgan matbuot anjumanida qayd etildi.

“Aholiga huquqiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida o‘tkazilgan anjumanda notariat sohada amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va ularni barataraf etishning ahamiyati, notariat tizimini sohadagi takomillashtirish, huquqiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, shuningdek, sohadagi yangiliklar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Xususanbir qator hujjatlarni majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinganligi, bu esa fuqarolarning notarial idorada ortiqcha pul va vaqt sarflashi, sarson bo‘lishini oldini olayotganligi, shuningdek notarial idoralardagi uzundan-uzun navbatlarga barham berishga ko‘mak berayotganligi, 2019 yil 1 yanvardan notariuslar tomonidan yuritilayotgan reyestr kitoblari, daftar va jurnallar bekor qilinganligi, natijada notarial harakat uchun sarflanayotgan vaqt teng yarmiga qisqartirilishiga erishilganligi, notariuslardan hisobotlar olish bekor qilinganlgi, ko‘chmas mulk ijara shartnomalari va ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinganligi ta’kidlab o‘tildi.

2019 yilning 10 yanvaridan boshlab aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari hamda ayrim tashkilotlar notariusga murojaat qilganda huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun haq to‘lashdan ozod qilindi.

Sohaga kiritilgan so‘nggi yangiliklardan biri bu joriy yilning 1 iyunidan “SMS-xabar” xizmatining joriy etilishidir.

“SMS xabar” da 2 ta juda muhim ma’lumot bo‘ladi:

Birinchisi, xabarda notarial harakatlar uchun mijoz tomonidan amalga oshirilgan to‘lovning aniq miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ya’ni, notariat xodimi talabiga asosan yoki kassada mijoz tomonidan to‘langan pul miqdorini SMS xabarda ko‘rsatilgan qonuniy to‘lovlar miqdori bilan solishtirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Ikkinchisi, notarial harakatni oxiriga yetkazish uchun SMS xabar orqali to‘rtta raqamli kod mijozning telefoniga yuboriladi. Notarius ushbu tasdiqlovchi kodni elektron tizimga kiritgandan so‘nggina notarial harakatni amalga oshirishni rasman yakunlashga ruxsat etiladi.

Bundan tashqari, tadbirda Notariat sohasida yechimini kutayotgan muammolar mavjudligi xususida ham gapirildi. Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i B. Xasanovni ta’kidlashicha:

- majburiy notarial tasdiqlanadigan harakatlar sonini qisqartirishimiz lozim.
- notarial xizmatlar ko‘rsatish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini to‘liq joriy etishimiz lozim. Bunda elektron navbat
va masofadan turib notarial harakatlarni amalga oshirish tizimini qayta ko‘rib chiqishimiz lozim.

Bundan tashqari tadbirda advokatura sohasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida aholiga ko‘rsatilayotgan yuridik yordam sifatini oshirish, advokatlarning mustaqilligini yanada mustahkamlash bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi hamda palataning hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari faoliyati takomillashtirildi.

Xususan, talabgordan malaka imtihoni oladigan, advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritadigan mazkur komissiyalar tarkibi asosan advokatlardan shakllantirilishi belgilandi, advokatga nisbatan intizomiy ish yuritish tartibi yangilandi, xolislik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida advokatning harakatlari yuyuzasidan murojaatlar faqat malaka komissiyalari tomonidan ko‘rib chiqishi tartibi o‘rnatildi. Bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 1 660 ta advokatlik tuzilmasi, shu jumladan 1 154 ta advokatlik byurosi, 435 ta advokatlik firmasi va 71 ta advokatlar hay’atida 3 944 nafar advokatlar o‘z faoliyatlarini amalga oshirib kelishmoqda.

Matbuot anjumanida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida ham ko‘plab amalga oshirilgan ishlar haqida fikrlar bildirildi. Jumladan, Prezident tomonidan qabul qilingan qator farmon va qarorlarga muvofiq, Agentlik va uning joylardagi 201 ta markazlar tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari tomonidan jami 116 ta davlat xizmati ko‘rsatilmoqda, shundan 31 tasi – eksperimental tariqasida joriy qilingan.

Joriy yilning o‘tgan davri davomida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan jami 4 950 mingga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, respublika bo‘yicha 80 mingga yaqin sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, olis hududlarda ochilgan 52 ta shoxobchalar orqali ko‘rsatilgan xizmatlar soni 7 mingdan oshdi.

“Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash maqsadida tadbirkorlar uchun bank hisobraqamini masofadan turib ochish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, fuqarolarga qulaylik yaratish uchun barcha davlat xizmatlarini olishda “PAYME” tizimi bilan bir qatorda “CLICK” tizimidan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirish joriy etildi.

Shu bilan birga, FHDYo organlari tomonidan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini qayd etganlik uchun to‘lovlarni amalga oshirish uchun “Billing” to‘lov tizimi joriy etildi.

Shuningdek, tadbirda ommaviy axborot vositalari ham o‘z savollari, fikr-mulohazalari bilan faol ishtirok etishdi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi: Majburiy notarial tasdiqlanadigan harakatlar sonini qisqartirishimiz lozim