AQSh o‘zbekistonliklar eng ko‘p ko‘chib ketayotgan davlatlar uchligiga kirdi. Davlat statistika qo‘mitasining yanvar-iyun oylari uchun ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda. Birinchi chorak natijalariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar to‘rtinchi o‘rinni egallagandi.
Yanvar-iyun oylarida jami 4 847 kishi boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketdi. Eng ko‘pi - Qozog‘istonga (56,3 %). Keyingi o‘rinlardan Rossiya (36,9 %), AQSh (1,2 %), Isroil (1 %) joy oldi. Boshqa mamlakatlar hissasiga qolgan 4,6 % to‘g‘ri keldi.
Xuddi shu davrda 1 361 kishi doimiy yashash uchun ko‘chib keldi. Eng ko‘pi Qozog‘istondan (29,7 %). Keyingi o‘rinlarda Tojikiston (24,2 %), Rossiya (22,3 %), Qirg‘iziston (14,3 %) qayd etilgan. Boshqa mamlakatlar hissasiga esa qolgan 9,5 % to‘g‘ri keladi.
Umuman olganda, yil boshidan buyon kelganlar soni 78,9 ming kishini tashkil etdi (ichki 77,5 ming kishi, tashqi - 1,4 ming kishi), chiqib ketganlar - 82,4 ming kishi (ichki 77,5 ming kishi, tashqi - 4,9 ming kishi).
Migratsiya saldosi minus 3,5 ming kishiga yetdi va 2018 yilning shu davriga nisbatan minus 6,2 ming kishini tashkil etdi.
Migratsiya darajasi yuqoriligi Qashqadaryo (minus 3,3 ming kishi), Samarqand (minus 2,5 ming kishi) va Qoraqalpog‘istonga (minus 1,7 ming kishi) to‘g‘ri keladi. Migratsiyaning ijobiy saldosi Toshkent shahrida (plyus 12,9 ming kishi) qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSH Haaga sudining Isroilga nisbatan tergoviga qarshi chiqyapti
Toshkent viloyatidagi 6 ta tumanga yangi radarlar o‘rnatiladi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Tojikiston Rossiyaga jiddiy norozilik bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Sudyalar oliy kengashi «Jo‘rayevlar ishi»da tomonlarni turli xil bayonot berishdan tiyilishga chaqirdi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi