O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, prezident “Sharq taronalari” o‘n ikkinchi xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.
Ma’lumot uchun: Registon maydonida har ikki yilda bir marotaba 25-30 avgust kunlari YuNESKO shafeligida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi. “Sharq taronalari” Markaziy Osiyodagi eng katta festivallardan biri sanaladi.
Festival o‘tkazilishidan asosiy maqsad – milliy musiqa san’atida erishilgan yutuqlarni keng ommaga tatbiq qilish, millatlarning madaniyat va an’analarini asrash va rivojlantirish, sozandalik va xonandalik yo‘nalishidagi iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, xalqaro ijodiy aloqalarni kengaytirish, tinchlik, do‘stlik va o‘zaro bag‘rikenglik g‘oyalarini targ‘ib qilishdan iborat.
1997 yilda tashkil etilgan ilk “Sharq Taronalari” xalqaro musiqa festivalida 31 davlatdan musiqiy guruhlar va ijrochilar tashrif buyurishgan. Bugunga kelib “Sharq taronalari” nafaqat O‘rta Osiyoda, balki jahon miqyosidagi mashhur festivallar qatoridan joy olib ulgurdi.
2015 yilda o‘tkazilgan X “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida ishtirokchi davlatlar soni 66 taga yetdi. Festival davomida musiqaning turli jihatlariga bag‘ishlangan xalqaro anjumanlar o‘tkazish an’anaga aylanib qoldi. Bu anjumanlarda butun dunyodan kelgan olimlar fikr va tajribalar almashish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin