Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati ishdan ketdi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qo‘mita raisi Jasur Akromov, rais o‘rinbosari - Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markazi direktori Nuriymon Abulhasan boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etilgan.
Jasur Akromov
Nuriymon Abulhasan
Ayni vaqtda kim qo‘mitaga yangi rais etib tayinlangani hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 18 aprel kuni 2003 yildan beri Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi vazifasida faoliyat yuritib kelgan Ortiqbek Yusupov lavozimidan ozod etilib, uning o‘rniga Jasur Akromov qo‘mita raisi etib tayinlangandi.
Bundan tashqari, o‘shanda Muzaffar Komilov hamda Nuriyman Abdulhasan raisning yangi o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Nuriymon Abdulhasan Diniy-ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish axborot-tahlil markaziga direktorlik qilgan. U 1994 yilda Toshkent islom institutini (oliy ma’had), 1997 yilda Misr Al Azhar universitetini tamomlagan bo‘lib, ilgari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, prezident devonining Millatlararo va din masalalari bo‘yicha xizmatida va Ichki ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, hukumat tomonidan 2004 yil 23 apreldagi 196-son qaror bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Qo‘mita har bir shaxsning vijdon va diniy e’tiqod erkinligi huquqi, fuqarolarning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar tengligini ta’minlash, shuningdek diniy tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vazifalarni hal etish vakolati berilgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi