Bugun mamlakatning barcha hududida ob-havo bahoriy - iliq va quyoshli bo‘ladi. Turkmaniston hududidan kirgan havo oqimi haroratning ko‘tarilishiga olib keladi, kunduzi harorat 20-25 daraja iliq, bu me’yoriy qiymatlardan 9-11 darajaga yuqoridir
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, yaqin ikki kun davomida respublika hududiga Kaspiy dengizi janubiy tumanlaridan harakat qilayotgan bulutlar hisobiga harorat bir oz pasayadi.
Mamlakat bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi, faqat 4 martda Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari, kechga borib esa Samarqand viloyatida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 3-4 martda respublika bo‘yicha shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.
5 martda Kaspiy dengizi shimoliy hududidan mamlakatga nam va salqin havo oqimining kirishi kutilmoqda, bu havo o‘zi bilan yomg‘ir va salqin olib keladi. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy tumanlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Ish haftasining oxirida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmayapti, sovuq va nam havo oqimi ta’sirida harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi. Shu kunlardagi harorat mazkur davr uchun xos bo‘lgan me’yoriy qiymatlardan bir oz past bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi