
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi F-5537-son farmoyishi bilan tashkil etilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 176-sonli qarorining 12-bandiga muvofiq, Maxsus komissiyaning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi ikkinchi qismida belgilanganidek, karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzish tegishli ravishda javobgarlikka tortilishga olib keladi.
Quyida maxsus komissiya tomonidan qabul qilingan qarorlar xronologik tartibda keltiriladi:
19 mart, № 1
Transportning barcha turlarida xalqaro yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish to‘xtatiladi
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi 2020 yilning 20 mart kunidan e’tiboran xalqaro yo‘nalishlarda avtobus, yengil avtomobil, temir yo‘l va havo transportlari orqali yo‘lovchi tashuvlari 40 kun muddatga to‘xtatilishini ma’lum qiladi.
Ushbu cheklov, avtomobil, avia, temir yo‘l, daryo transportlarida amalga oshirilayotgan yuk tashuvlari va tashqi savdo yuklariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
20 mart, № 2
RЕSPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI
Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz hududida bemorlar yoki kasallikka shubha qilingan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash va respublika bo‘ylab kasallikni tarqalishini oldini olish maqsadida, shuningdek majlisda ko‘rilgan boshqa masalalar yuzasidan respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishining qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 21 martdan e’tiboran barcha hududlarda faoliyat yuritayotgan mavjud ko‘ngil ochar ob’ektlar, shu jumladan tungi klublar, diskoteka, spa va massaj salonlar, choyxona, oshxona (uyga eltib berish xizmati bundan mustasno) karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) markazlari va kompyuter o‘yinlari xizmatini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik faoliyati turlari koronavirus kasalligi bilan bog‘liq epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar to‘xtatiladi.
Shuningdek, 23 martdan boshlab “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq mamlakatimiz fuqarolarini sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosim singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilinadi. Ushbu marosimlarni zarur bo‘lgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlari bilan birga 10-15 kishi ishtirokida o‘tkazish tavsiya etiladi.
Majlisda ayni paytda chet ellarda bo‘lib turgan fuqarolarni mamlakatimizga qisqa vaqtlar ichida olib kelish va ularni belgilangan tartibda 14 kun karantinda saqlash yuzasidan ko‘rilayotgan choralar atroflicha muhokama qilindi.
21 mart, № 3
22 martdan e’tiboran mulkchilik shaklidan qat’iy nazar tashuvchilar tomonidan xizmat ko‘rsatiluvchi yo‘nalishlar bo‘yicha Toshkent shahri hududida barcha jamoat transporti (avtobus, metro va yo‘nalishli taksi) harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi;
- Yulovchilar gavjum yig‘iladigan maskanlar, metro bekatlarida Toshkent shahrida barcha jamoat transporti harakati vaqtinchalik to‘xtatilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi;
- Shahrimizdagi shifoxonalarning tibbiy jamoasini ishga va uyga tashish uchun, ularning xodimlari soniga ko‘ra, Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasining buyurtmalari asosida kerakli miqdorda maxsus dezinfeksiya qilingan alohida avtobuslar ajratiladi;
- Jamoat transporti o‘rniga vaqtincha Toshkent shahar Sanitariya epidemiologik osoyishtalik markazi tomonidan maxsus dezinfeksiya qilingan taksilar harakatlanadi.
Har kuni yo‘nalishga chiqqan har bir taksiga SEOM tomonidan dezinfeksiya qilinganligi haqida ma’lumotnoma berib boriladi.
22 mart, № 4
RЕSPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI
▪️Respublika chegara hududlaridagi mavjud chegara o‘tkazish punktlari 23 mart kuni soat 00:01 dan boshlab barcha shaxslar uchun (O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan boshqa mamlakat fuqarolaridan tashqari) yopiladi.
▪️23 martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha korxona va muassasalarga (mulkchilik shaklidan kat’iy nazar) asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda ishchi va xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan ishchilarning faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etiladi.
▪️Hodim va ishchilar o‘z ish joyida shaxsiy himoya vositalari (niqob)da bo‘lishi talab etiladi, shuningdek karantin choralarini buzganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar qo‘llaniladi.
▪️Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 23 martdan jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslarga “ogohlantirish” beriladi.
▪️25 mart kuni soat 6:00 dan boshlab ushbu holat qayd etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima qo‘llaniladi.
22 mart, № 5
RЕSPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI
Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimiz hududida bemorlar yoki kasallikka shubha qilingan shaxslarni o‘z vaqtida aniqlash va mamlakat bo‘ylab kasallik tarqalishini oldini olish, shuningdek, majlisda ko‘rilgan boshqa masalalar yuzasidan respublika maxsus komissiyasining qarori qabul qilindi.
Qaror bilan bir qator cheklovlar o‘rnatilib, muayyan choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, respublika chegara hududlaridagi mavjud chegara o‘tkazish punktlari 23 mart kuni soat 00:01 dan boshlab barcha shaxslar uchun (O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan boshqa mamlakat fuqarolaridan tashqari) yopiladi.
Shuningdek, 23 martdan boshlab Toshkent shahridagi barcha korxona va muassasalarga (mulkchilik shaklidan kat’iy nazar) asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda ishchi va xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan ishchilarning faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etiladi. Hodim va ishchilar o‘z ish joyida shaxsiy himoya vositalari (niqob)da bo‘lishi talab etiladi, shuningdek karantin choralarini buzganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar qo‘llaniladi.
Shu bilan birga, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 23 martdan jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslarga “ogohlantirish” beriladi. 25 mart kuni soat 6:00 dan boshlab ushbu holat qayd etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima qo‘llaniladi.
Tibbiy himoya vositalari, xususan, niqoblarning tanqisligini sun’iy vujudga keltirib, narxini oshirgan “tadbirkor”larga qat’iy choralar ko‘riladi.
Mamlakatimiz fuqarolarining sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida zarur bo‘lmagan hollarda, ayniqsa 65 yoshdan yuqori va surunkali kasali bor bo‘lgan yurtdoshlarimizni uyidan tashqariga chiqmasliklari va ko‘chaga chiqqanda – shaxsiy himoya vositalari (niqob)da bo‘lishlari tavsiya etiladi.
Barcha savdo va dexqon bozorlarida savdo qilish nuqtalarida kasallik profilaktikasi maqsadida aholining yaqin masofada bo‘lishlarini oldini olishga qaratilgan choralar ko‘riladi.
22 mart, № 6
23 martdan boshlab TOSHKЕNT shahridagi barcha korxona va muassasalarga (mulkchilik shaklidan kat’iy nazar) asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda ishchi va xodimlarni qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan ishchilarning faoliyatini maksimal darajada masofadan turib (onlayn yoki distansion tarzda) tashkil etiladi.
Hodim va ishchilar o‘z ish joyida shaxsiy himoya vositalari (niqob)da bo‘lishi talab etiladi, shuningdek karantin choralarini buzganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda intizomiy choralar qo‘llaniladi.
22 mart, № 7
Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlarida 23 martdan jamoat joylarida shaxsiy himoya vositalari (niqob)siz bo‘lgan shaxslarga “ogohlantirish” beriladi.
25 mart kuni soat 6:00 dan boshlab ushbu holat qayd etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima qo‘llaniladi.
23 mart, № 8
RASMIY XABAR
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasi aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va koronavirus kasalligini respublika hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish maqsadida Toshkent shahriga respublikaning barcha hududlaridan kirish va Toshkent shahridan respublikaning barcha hududlariga chiqishni har qanday transport vositalarida (avtobus, avtomobil, avia, temir yo‘l) 2020 yilning 24 mart kuni soat 00:01 dan boshlab to‘xtatish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Bunda, Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi cheklovlar yuk tashish bilan bog‘liq hollarga, shuningdek, Toshkent shahrida doimiy yashovchi (ro‘yxatdan o‘tgan) shaxslarga Toshkent shahriga kirish uchun tatbiq etilmasligi belgilandi.
23 mart, № 9
Toshkent shahrida 24 martdan boshlab barcha buyum, avtomobil sotuvi va barcha savdo komplekslari faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi.
Dehqon bozorlari, supermarketlar, shifoxona va dorixonalar faoliyati avvalgi tartibda davom etadi.
23 mart, № 10
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida 176-sonli qarori qabul qilinib, uning 2 va 3-bandlarida bir nechta qoidalar belgilangan.
2-bandi. O‘zbekiston Respublikasi hududida 2020 yil 24 mart soat 00.01 dan boshlab quyidagilarni nazarda tutuvchi koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib (keyingi o‘rinlarda — Tartib) joriy etilsin:
- koronavirus infeksiyasi asosan Toshkent shahri hududida aniqlanganligini inobatga olib va ushbu infeksiya respublikaning boshqa hududlariga tarqalishining oldini olish maqsadida boshqa hududlardan Toshkent shahriga kirish (avtobus, mikroavtobus, yengil avtotransport, aviaqatnovlar va temir yo‘l transporti vositalari orqali) to‘xtatiladi, bundan ushbu bandning uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollar mustasno;
- Toshkent shahrida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar, shuningdek, Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tgan holda Toshkent shahrida mehnat (xizmat) faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari (nodavlat tashkilotlarida — ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan tegishli ruxsatnoma asosida) xodimlari hamda yuk tashish bilan bog‘liq hollarda Toshkent shahriga kirish va chiqishga ruxsat beriladi;
- Toshkent shahriga kiruvchi va chiquvchi shaxslarda koronavirus infeksiyasi alomatlarini aniqlash bo‘yicha majburiy tibbiy nazorat o‘rnatiladi;
- birinchi bosqichda Toshkent shahrida, keyinchalik bosqichma-bosqich Nukus shahri, viloyat va tuman markazlarida joylashgan barcha yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylarini tegishli mutaxassislar bilan ta’minlagan holda teplovizorlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi;
- respublika hududiga xorijiy davlatlardan, shuningdek, Toshkent shahriga boshqa hududlardan kirib kelayotgan barcha transport vositalari, tovar va yuklarning majburiy ravishda dezinfeksiya qilinishi ta’minlanadi;
- davlat idoralari va tashkilotlarida fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari vakillarini qabul qilish hamda ularga davlat va boshqa xizmatlarni ko‘rsatish imkon qadar «onlayn» rejimga o‘tkaziladi;
- fuqarolar tomonidan Internet jahon axborot tarmog‘i va telefon aloqasi uchun to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmaganligi sababli ikki oy davomida o‘chirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
- idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlarning asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xodimlarni mehnat ta’tiliga chiqarish, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib («onlayn» rejimda yoki masofaviy tarzda) tashkil etish choralari ko‘riladi.
Ushbu bandning beshinchi xatboshisida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirish Inqirozga qarshi kurashish jamg‘armasi hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
- Milliy gvardiya va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan talablarga so‘zsiz rioya etilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin;
- Tartibning amal qilish davrida, zaruratga ko‘ra, qo‘shimcha yo‘l-patrul xizmati statsionar postlari va blok postlar tashkil etish choralarini ko‘rsin.
3-bandi. Tartibning amal qilish davrida quyidagilar o‘rnatilsin:
a) koronavirus infeksiyasi aniqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar va xorijiy fuqarolar, shu jumladan 2020 yil yanvar — mart oylarida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan hududlarda bo‘lib, O‘zbekiston hududiga kirib kelgan shaxslar:
- Komissiya qarorlariga, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va epidemiyaga qarshi kurashishga jalb etilgan boshqa davlat tashkilotlarining qonuniy talablariga rioya etishga;
- O‘zbekistonga qaytib kelganligi, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan hududlarda bo‘lgan vaqti va joyi to‘g‘risida zudlik bilan sog‘liqni saqlash organlariga ma’lumot berishga;
- o‘zida kasallik alomatlari vujudga kelganda kasallik yuqishi mumkin bo‘lgan davrda muloqotda bo‘lgan shaxslar va harakatlanish yo‘nalishlari haqida zudlik bilan sog‘liqni saqlash organlariga ma’lumot berishga;
- 14 kun davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida bo‘lishga;
- sanitariya va epidemiyaga qarshi kurashish qoidalari va izolyatsiya rejimida bo‘lishga oid talablarga qat’iy rioya etish, shu jumladan tibbiy himoya vositalarini qo‘llash va jamiyatda bir-birlari orasida masofani saqlashga;
- sog‘liqni saqlash organlari tomonidan tayinlanadigan tibbiy tekshiruv va davolanishdan o‘tishga majburdirlar;
b) davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan izolyatsiya qilinishi lozimligi haqida talab qo‘yilgan shaxslar bilan birga yashovchi shaxslar ham 14 kun davomida yoki davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan belgilab berilgan muddat davomida uyda yoki maxsus belgilangan joyda izolyatsiya sharoitida bo‘lishga majburdirlar;
v) koronavirus infeksiyasini yuqtirgan yoki ushbu infeksiyani yuqtirganlikda gumon qilinib karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli bo‘lgan mobil telefon, audio va video vositalar, bank kartalari hamda boshqa axborot tashuvchi buyumlar vaqtincha olib qo‘yiladi;
g) idoraviy bo‘ysunuvi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar barcha tashkilotlar rahbarlari (ish beruvchilar) quyidagilarga rioya etishlari shart:
- tashrif buyuruvchi shaxslarni faqat tibbiy niqob va tibbiy vositalarni qo‘llagan holda kiritish tartibini majburiy joriy etish;
- ish joylarida xodimlarning tana haroratini o‘lchash va tana harorati yuqori bo‘lgan xodimlarni ish joyida bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ushbu xodimlar to‘g‘risida sog‘liqni saqlash organlariga zudlik bilan xabar yetkazish;
- davlat sanitariya nazorati organlarining talabnomasiga muvofiq koronavirus infeksiyasini yuqtirgan xodim bilan muloqotda bo‘lganlar haqida darhol ma’lumot berish, kasallangan shaxs bo‘lgan joylarni dezinfeksiyadan o‘tkazish choralarini ko‘rish;
- xodimlarga izolyatsiya rejimida bo‘lishga oid talablarga rioya etishda ko‘maklashish;
d) savdo va xizmat ko‘rsatish tashkilotlari Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalari yoki boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish yo‘li bilan dezinfeksiya vositalari bilan ta’minlanadi;
ye) Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joylashgan dehqon bozorlaridan tashqari barcha bozorlarning faoliyati to‘xtatiladi.
24 mart, № 11
Qamchiq dovonida transportlar harakati to‘xtatildi
O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida Farg‘ona viloyatini Toshkent shahri va boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi Qamchiq dovonida transport vositalari harakati vaqtincha cheklandi.
Faqatgina Farg‘ona viloyatidan boshqa viloyatlarda doimiy ro‘yxatda turuvchi fuqarolarga yashash manzillariga yetib olishlariga imkon beriladi.
«Fuqarolardan ushbu cheklovlarni to‘g‘ri qabul qilishlarini, olib borilayotgan tadbirlar va belgilangan tartiblarga qat’iy amal qilish orqali xavfli virusning respublikamizda tarqalishini oldini olishga o‘z hissalarini qo‘shishlarini so‘rab qolamiz!» — deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.
25 mart, № 12
Jamoat joylariga niqobsiz chiqmang!
Bugun, 25 martdan boshlab Toshkent shahri, Nukus va viloyat markazlaridagi jamoat joylariga niqobsiz chiqqan holat qayd etilsa – bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari miqdorida, mazkur holat yana qaytariladigan bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida jarima qo‘llaniladi.
27 mart, № 13
RЕSPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar o‘rnatilib, muayyan choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, 27 mart soat 10:00 dan e’tiboran viloyatlararo transport vositalari (avtobus, avtomobil, shaharlararo taksi, avia, temir yo‘l transporti)ning harakati (yuk tashish hollari bundan mustasno) butunlay to‘xtatiladi. Bunda muayyan hududga taaluqli avtotransportlarning (tranzit) o‘z hududlariga kirib borishiga ruxsat beriladi.
Bundan tashqari, viloyatlar tarkibidagi shahar va tumanlararo transport qatnovi harakati ham vaqtincha cheklanadi.
Mamlakatimiz fuqarolarining sog‘lig‘ini himoya qilish maqsadida zarur bo‘lmagan hollarda (xizmat faoliyatini amalga oshirayotgan davlat organlari va muassasalari hamda jamoat tashkiloti xodimlaridan tashqari), uyidan tashqariga chiqishi cheklanadi. O‘ta zarur hollardagina ko‘chaga chiqqanda (dorixona, oziq-ovqat do‘konlari) – shaxsiy himoya vositasi (niqob)da bo‘lishi shart. Bordiyu fuqarolar uyidan tashqariga shaxsiy himoya vositasi (niqob)siz chiqsa, qonunda belgilangan tartibda jarimaga tortiladi. Ya’ni, bazaviy hisoblash miqdorining besh barobari miqdorida – 1 115000 ming so‘m jarima qo‘llaniladi.
Shuningdek, epidemiologik holatni inobatga olgan holda, fuqarolar o‘zaro muloqot chog‘ida ikki metr masafo saqlashi shart. Ko‘chada va jamoat joylarida 3 kishidan ortiq odamlarning to‘planishiga cheklov o‘rnatiladi. Bu ta’qiq bir vaqtda harakatlanayotgan oilaga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Respublika hududidagi barcha ko‘ngilochar ob’ektlar, shu jumladan restoran, kafe, oshxona, choyxona, singari tadbirkorlik sub’ektlari (uyga yetkazib berish xizmati bundan mustasno) mamlakatdagi epidemiologik holat barqarorlashmaguniga qadar faoliyatini to‘xtatmay, davom ettirayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga nisbatan keskin jazo choralari ko‘rilmoqda.
28 mart, № 14
RЕSPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar o‘rnatilib, muayyan choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, 30 mart soat 00:01 dan 20 aprel 00:01 ga qadar O‘zbekistondagi mavjud barcha aeroportlar yopiladi va aviaqatnovlar butunlay to‘xtatiladi.
28 mart, № 15
RЕSPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga muvofiq, koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining qarori bilan bir qator cheklovlar o‘rnatilib, muayyan choralar ko‘rilmoqda.
Xususan, 2020 yil 30 mart soat 06:00 dan 20 aprel soat 00:01 ga qadar VILOYATLARARO, TOSHKЕNT VA NUKUS SHAHARLARI HAMDA VILOYATLAR MARKAZLARIDA Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi.
Mazkur ruxsatnomalar quyidagi faoliyatlarni amalga oshirish uchun biriktirilgan avtotransport vositalariga taqdim etiladi:
?oziq-ovqat mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy buyumlar savdosi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning xizmat avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur tashkilotlarda doimiy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari;
?Sanitariya va gigiyena mahsulotlarini (koronavirus infeksiyasidan himoyalovchi va dezinfeksiya qiluvchi vositalar) ishlab chiqaruvchi va chakana savdo, dorixona faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy shaxslarning avtotransport vositalari;
?Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli avtotransport vositalari.
Bunda, yuridik va jismoniy shaxslarning ishchi xodimlari markazlashgan tartibda avtobus (mikroavtobus) orqali Koraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri, Toshkent shahri va viloyat markazlariga kiritishi belgilab qo‘yilmoqda.
28 mart, № 16
RЕSPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI
Shu bilan birga, respublika maxsus komissiyasining qarori bilan ko‘chalarda harakatlanishi uchun quyidagi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi:
?O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning diplomatik xizmati xodimlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining takliflariga muvofiq tashrif etilgan xalqaro tashkilotlarning delegatsiyalari a’zolarining tegishli avtotransport vositalariga;
?Aholi va tashkilotlarga kommunal xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarga (gaz, elektr energiyasi, issiqlik ta’minoti, sovuq suv, suv oqava va boshqa tashkilotlar) tegishli avtotransport vositalariga;
?aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlarga tegishli avtotransport vositalari hamda “O‘zbekiston pochtasi” AJning pochta jo‘natmalariga;
?tijorat banklariga tegishli xizmat avtotransport vositalariga;
?tibbiy va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi korxonalarning avtotransport vositalariga;
?huquqni muhofaza qiluvchi organlar va maxsus hamda qutqaruv korxonalarining avtotransport vositalariga;
?N1, N2 va N3 toifaga kiruvchi avtotransport vositalariga hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini olib kelayotgan M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi avtotransport vositalariga;
?viloyat, shahar va tuman hokimlari va ularning o‘rinbosarlarining avtotransport vositalariga;
?yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilarga (o‘zlarining ro‘yxatdan o‘tgan ma’muriy hududi doirasida) yo‘lovchilarsiz, yetkazib berish xizmati (kurer, dostavka)lariga;
?yetkazib berish xizmati (keytering) tashkilotlarining avtotransport vositalariga, shuningdek, yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlarning yetkazib berish xizmatini ko‘rsatayotgan avtotransport vositalariga;
?fuqarolarga kechiktirib bo‘lmaydigan tez tibbiy yordam ko‘rsatish (homiladorlik, tan jarohati, inson hayotiga xavf tug‘dirayotgan boshqa holatlar) bilan bog‘liq hollarda tibbiyot muassasasiga borayotgan va undan qaytayotgan shaxsiy avtotransport vositalariga;
?dafn marosimlarida xizmat ko‘rsatuvchi maxsus avtotransport vositalariga;
?yo‘l-patrul xizmati avtomobillari yordamida kuzatilayotgan avtotransport vositalari shular jumlasidan.
Qayd etish lozimki, maxsus ruxsatnoma talab etiladigan avtotransport vositalariga (tegishli tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda) Maxsus ruxsatnomalar berish tizimi joriy yilning 29 mart soat 09:00 dan amaliyotga joriy etiladi.
Adliya vazirligi tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma asosida harakatlanadigan boshqa avtotransport vositalari faqatgina ushbu muassasa va tashkilotlar faoliyati bilan bog‘liq holda harakatlanishiga ruxsat beriladi. Shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanish qat’iyan man etiladi.
31 mart, № 17
O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining xabari
Ma’lumki, jahon miqyosida koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishda, shu jumladan insonlarning harakatlanishiga cheklovlar kiritish va korxonalar faoliyatini to‘xtatish orqali misli ko‘rilmagan choralar ko‘rilmoqda.
Yurtimizda ham koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish, aholi sog‘lig‘ini saqlash maqsadida qator cheklov choralari joriy etildi.
Xususan, ta’lim muassasalari ta’tilga chiqarildi, oziq-ovqat do‘konlari va dorixonalardan boshqa savdo ob’ektlarining faoliyati to‘xtatildi, ko‘plab tashkilotlarda xodimlar mehnat ta’tiliga chiqarildi yoki masaofaviy ishlashga o‘tkazildi.
Bundan tashqari, Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra, 2020 yil 30 martdan 20 aprelga qadar viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida avtotransport vositalari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida harakatlanishi mumkinligi belgilandi.
Shunga ko‘ra Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 10000 dan ortiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi Davlat xizmatlari markazlari orqali 6000 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi.
Hozirga paytgacha 1 kun ichida tezkor ravishda 5500 ta ruxsatnomalar rasmiylashtirildi.
Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat markazidagi Davlat xizmatlari markazlariga ko‘plab fuqarolar tashrifi kuzatildi.
Bu hol karantin talablarining buzilishiga, ko‘plab fuqarolarning bir vaqtning o‘zida bir joyda to‘planishiga sabab bo‘ldi. Bundan tashqari aynan shu masalada fuqarolar tomonidan ko‘plab murojaatlar bo‘ldi.
Shuning uchun amaldagi tartibni takomillashtirib, respublikada avtotransport harakati bilan bog‘liq kelib tushgan takliflarni e’tiborga olib, yangi tartib ishlab chiqildi.
Endilikda avtotransport vositalarini boshqarish uchun berilaligan ruxsatnoma (stiker) uchun arizani masofadan turib, ya’ni onlayn tarzda topshirilishi bo‘yicha tizim joriy etildi.
Unga ko‘ra, maxsus ruxsatnomani berish bepul amalga oshiriladi.
Buning uchun onlayn shaklda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida so‘rovnoma to‘ldirilishi lozim.
Tartibga ko‘ra, quyidagi turdagi avtotransport vositalariga maxsus ruxsatnoma beriladi:
birinchi, oziq-ovqat mahsulotlari (jumladan tamaki va alkogol) va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchi ishlab chiqaruvchi va realizatsiya qiluvchi tadbirkorlar va u yerda ishlaydigan xodimlarning avtotransport vositalariga. Bunda dorixonalar uchun faqat har bir dorixonaga bir dona avtotransportga ruxsat beriladi;
ikkinchi, umumiy ovqatlanish korxonalarining yetkazib berish xizmatini (kurer va “dostavka”) ko‘rsatayotgan avtotransport vositalari, shuningdek, mazkur korxonalarda doimiy ishlovchi xodimlarning shaxsiy avtotransportiga;
uchinchi, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq va Zangiota tumanlarida, Toshkent shahrining Olmazor, Chilonzor va Yashnobod tumanlarida barpo etilayotgan shifoxona va xiyobonlar qurilishiga jalb etilgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga tegishli M1 toifadagi avtotransport vositalariga.
Shuningdek, ishlab chiqarish va texnologik jarayoni to‘xtatilishi mumkin bo‘lmagan korxonalar, gigiyenik niqob ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, dehqon bozorlarining xodimlariga tegishli vazirlik va idoralarning Adliya vazirligiga kiritadigan murojaatiga asosan alohida ruxsatnomalar rasmiylashtirib beriladi.
Bundan tashqari, maxsus ruxsatnomasiz harakatlanish huquqi berilgan avtotransport vositalari ro‘yxati ham tasdiqlandi.
Masalan, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar sog‘liqni saqlash tizimidagi tashkilotlarning, tibbiy-sanitariya va epidemiologik xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlarning xizmat mashinalari va xodimlarining shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnoma talab etilmaydi.
Bunda mazkur tashkilotlarning xodimlari ushbu ko‘rsatilgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotganligi to‘g‘risidagi mehnat daftarchasi nusxasi va ish joyidan tasdiqlovchi hujjat asosida harakatlanadi. Ushbu xodimlar faqat ish joyiga yetib borish va uyga kelish maqsadida o‘z avtotransportidan foydalana oladi, ya’ni faqat xizmat yuzasidan harakatlanishiga yo‘l qo‘yiladi.
Xuddi shunday, mavsumiy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib beruvchi M1 (bir nafar yo‘lovchi bilan) toifadagi jismoniy shaxslarga tegishli shaxsiy avtotransport vositalariga ruxsatnoma talab etilmaydi. Bundan ko‘zlangan maqsad, bozorlarga oziq-ovqat mashulotlarini erkin kirib kelishini ta’minlash va narxlarning asossiz oshib ketishini oldini olishdir.
Maxsus ruxsatnomani olish tartibi, shuningdek avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxati OAV orqali e’lon qilindi. Ular bilan batafsil tanishib chiqishingiz, unda belgilangan cheklovlarga qat’iy amal qilishingiz so‘raladi.
Shu bilan birga bugungi kundagi ijtimoiy masofalashuvni saqlash (jamoat joylarida ham 1,5-2 metr masofani saqlash), ko‘chalarga muhim zaruriyat bo‘lmaganda chiqmaslikka chaqiramiz.
Avtotransportlar harakatining cheklanishi noqulayliklar tug‘dirishi tabiiy, shu bilan birga respublikada koronavirusning keng tarqalib ketishini oldini olishda hozirgi sharoitda bu eng zarur va maqbul yo‘ldir.
1 aprel, № 18
RЕSPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASI AXBOROTI
Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq:
joriy yilning 1 aprelidan boshlab Toshkent, Nukus shaharlari va viloyatlar markazlarida “o‘zini yakkalash” (samo izolyatsiya) hayot tarzi joriy etiladi. 65 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish qat’iyan man etiladi.
Zarurat bo‘lgan taqdirdagina yaqin atrofdagi dorixona, oziq-ovqat va birinchi galdagi tovarlar do‘koniga chiqishga ruxsat etiladi.
Komissiya qaroriga ko‘ra, yakka tartibdagi xayriya aksiyalari davomida COVID-19 virusining yanada keng tarqalish xavfi juda yuqori. Mazkur jarayonda yakka tartibdagi xayriya aksiyalarini joriy yilning 1 aprelidan e’tiboran vaqtincha to‘xtatish maqsadga muvofiqdir.
Xayriya tadbirlar quyidagi markazlashgan tartibda amalga oshiriladi:
? Toshkent shahrida Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi O‘zekspomarkaz Milliy ko‘rgazma majmuasi tarkibidagi pavilonda tashkil etiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri hamda viloyatlar markazlarida shunday mexanizm joriy etiladi;
? Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining hududiy bo‘limlari joylardagi ehtiyojmand oilalar, yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa yordamga muhtoj qatlami haqidagi ma’lumotni hududiy tegishliligi bo‘yicha Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlariga taqdim etadi;
? jismoniy va yuridik shaxslarning beg‘araz yordamlari Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazlari orqali santitar-gigiyenik talablarga muvofiqligi ko‘rikdan o‘tkazilib, karantin talablariga qa’tiy rioya etilgan holda (maxsus kiyim bosh va shahsiy himoya vositalari bilan ta’minlangan holda) ehtiyojmandlarga yetkazib beriladi;
? aholining yordamga muhtoj qatlamiga xayriya yordamlarini shaxsan yetkazish istagida bo‘lgan nodavlat-notijorat tashkilotlari vakillari hamda sahovatpesha insonlar va ko‘ngilli (volontyor) lar ushbu xayriya tadbirlarida yaqindan hamkorlik qilish va jarayonda qatnashishga taklif etiladi;
? ehtiyojmand oilalarga berilgan xayriya yordamlari haqidagi ma’lumotlar jamoatchilikka muntazam yetkazib boriladi.
Pul ko‘rinishidagi mablag‘larni “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga o‘tkazish tavsiya qilinadi.
Ushbu tartibga kat’iy amal qilinishi talab etiladi.
4 aprel, № 19
4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida bu yo‘nalishda quyidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Joriy yil 6 apreldan e’tiboran quyidagilarni nazarda tutgan holda “o‘zini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi:
- shaxsning o‘zining yashash hududidagi savdo nuqtalarida birinchi galdagi hayotiy zarur bo‘lgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni xarid qilish va b.) uchun va shifokor ko‘rigiga murojaat etishdan boshqa maqsadlarda chiqishi qat’iyan cheklanadi, ish joyiga borishi va kelishi bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno;
- harakatlanishda hamda savdo do‘konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi;
- 65 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan va surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar o‘z uylaridan o‘ta zaruratsiz tashqariga chiqishi qat’iyan man etiladi.
Ushbu talablarni buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka tortilishi mumkin.
4 aprel, № 20
4 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida bu yo‘nalishda quyidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Komissiya qaroriga ko‘ra, joriy yil 6 apreldan e’tiboran “o‘zini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi:
Karantin talablarining ijrosini so‘zsiz ta’minlash hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida istisno tariqasida ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turiladi.
Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06:00 dan e’tiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanadi.
Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar — oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.
5 aprel, № 21
KORONAVIRUS KASALLIGIGA QARSHI KURASHISH RЕSPUBLIKA MAXSUS KOMISSIYASINING AXBOROTI
Mamlakatimizda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlash va koronavirus kasalligini respublika hududi bo‘ylab tarqalishini oldini olish hamda nazoratdan chiqarmaslikni ta’minlash maqsadida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, joriy yil 4 aprel sanasida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida bu yo‘nalishda quyidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi:
Birinchidan, joriy yil 6 apreldan e’tiboran quyidagilarni nazarda tutgan holda “o‘zini yakkalash” hayot tarzi Nukus va Toshkent shaharlari hamda viloyatlar markazlarida majburiy ravishda joriy etiladi:
◾️shaxsning o‘zining yashash hududidagi savdo nuqtalarida birinchi galdagi hayotiy zarur bo‘lgan ehtiyojlari (oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalarni xarid qilish va b.) uchun va shifokor ko‘rigiga murojaat etishdan boshqa maqsadlarda chiqishi qat’iyan cheklanadi, ish joyiga borishi va kelishi bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno;
◾️harakatlanishda hamda savdo do‘konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash talab etiladi;
◾️65 yoshdan yuqori yoshda bo‘lgan va surunkali kasalligi bo‘lgan fuqarolar o‘z uylaridan o‘ta zaruratsiz tashqariga chiqishi qat’iyan man etiladi.
❗️Ushbu talablarni buzgan shaxslar qonunchilikka muvofiq tegishli javobgarlikka tortilishi mumkin.
Ikkinchidan, yirik dehqon bozorlari va savdo majmualarining (supermarket, gipermarket va boshqalar) kirish-chiqish joylari tegishli mutaxassislar bilan ta’minlagan holda pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlanadi.
Bunda ushbu majmualarga tashrif buyurayotgan har bir fuqaroning tana harorati o‘lchanadi hamda 37 S va undan yuqori bo‘lganda, mazkur fuqarolar ushbu majmualarga kiritishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bunda ushbu fuqarolarga zudlik bilan tez tibbiy yordam xizmatiga murojaat etish tavsiya etiladi.
Shuningdek, markazlashgan holda pirometrlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga ikki kun muddatda yetkazib beriladi.
Uchinchidan, yirik dehqon bozorlari va savdo majmualari (supermarket, gipermarket va boshqalar) hamda karantin tadbirlari uchun ajratilgan joylarda dezinfeksiya ishlari muntazam ravishda majburiy tartibda amalga oshirib boriladi.
To‘rtinchidan, karantin talablarining ijrosini so‘zsiz ta’minlash hamda maxsus ruxsatnomasi mavjud bo‘lmagan holda harakatlanayotgan avtotransport vositalarini huquqbuzarlik davom ettirilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida istisno tariqasida ichki ishlar organlari yo‘l-patrul xizmati xodimlari tomonidan karantin davrida ‼️avtotransport vositasini maxsus ruxsatnomasiz boshqarganlik uchun transport vositasini jarima maydonchasiga joylashtirish yo‘li bilan ushlab turiladi.
Beshinchidan, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 2020 yil 6 aprel soat 06-00 dan e’tiboran mototransport (skuter) hamda velosipedda harakatlanish karantin davrida vaqtincha cheklanadi.
Bunda faqatgina hayotiy zarur ehtiyojlar – oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar xarid qilish, shifokor ko‘rigiga murojaat etish, shuningdek, ish joyiga borish va kelish uchun ruxsat etiladi.
8 aprel, № 22
Ertaga, 9 apreldan boshlab, Toshkent viloyatining Olmaliq, Angren, Yangiyo‘l va Chirchiq shaharlarida karantin tartiblari yanada kuchaytiriladi. Fuqarolarning ushbu hududlarga kirishi va chiqishi cheklanadi. Favqulodda holatlar hamda yuk avtomobillari bundan mustasno.
Vaziyatdan kelib chiqib, ushbu hududlarga yondosh tumanlarda oziq-oziq yarmarkalari tashkil etilmoqda.
9 aprel, № 23
2020 yil 9 apreldan boshlab avtotransport vositalari harakatlanishiga davlat xizmatlari markazlari tomonidan maxsus ruxsatnoma berish TO‘XTATILDI.
Asos — Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi qarori.
Bunda avtotransport vositalariga mazkur sanaga qadar taqdim etilgan ruxsatnomalar asosida harakatlanish huquqi saqlab qolindi.
Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning ro‘yxati qisqartirilib, alohida e’lon qilinadi.
Ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan arizalar qanoatlantirilmasdan qoldiriladi.
9 aprel, № 24
Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi qaroriga asosan avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlarning ro‘yxati qisqartirilib, e’lon qilindi.
Mazkur ro‘yxat asosida transport vositalarining harakatlanishi Toshkent shahri, Nukus shahri hamda viloyatlar markazlariga nisbatan tatbiq etiladi va 2020 yil 10 aprel soat 06:00 dan boshlab amal qiladi.
14 aprel, № 25
Respublika maxsus komissiyasining xabari
Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish yuzasidan bir qator tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti O‘zbekiston Respublikasida koronavirus pandemiyasi tarqalishiga qarshi kurash borasida davlat organlari hamda jamoatchilikning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan ishlar MDH davlatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichda tashkil etilganligini alohida e’tirof etgani ham amalga oshirilayotgan ishlarga berilgan ijobiy baho bo‘ldi.
Karantin sharoitida fuqarolarimizning belgilangan tartib-qoidalarga ongli ravishda qat’iy rioya etayotganligi koronavirus pandemiyasi tarqalishini jilovlashda muhim omil bo‘lmoqda. Shu bilan birga Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalariga asosan koronavirus pandemiyasi tarqalishini cheklash borasidagi faoliyatni samarali tashkil etish bu borada yana qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilashni taqozo etmoqda.
Shu munosabat bilan Respublika maxsus komissiyasi va Maxsus shtabning 2020 yil 14 apreldagi qo‘shma yig‘ilishi qaroriga asosan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish va e’lon qilingan karantin talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan quyidagi choralar belgilanmoqda:
- Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida joriy etilgan koronavirus infeksiyasi keng tarqalishining oldini olish bo‘yicha barcha cheklovlar Toshkent viloyatining Angren, Bekobod, Olmaliq, Chirchiq va Yangiyo‘l shaharlariga nisbatan ham tatbiq etiladi;
- pensioner va nafaqaxo‘rlarning salomatligini saqlash maqsadida, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra respublikadagi epidemiologik holat barqarorlashgunga qadar may oyidan pensiya va nafaqalarni to‘liqligicha plastik kartalarga o‘tkazish orqali amalga oshirish choralari ko‘riladi. Bunda, barcha hududlar naqd pul olish imkonini beruvchi bankomatlar bilan hamda ular naqd pul bilan ta’minlanadi;
- naqd pullar saqlanadigan pul omborxonalari va qayta sanash kassalari haftada 2 marotaba dezinfeksiya qilinadi;
- davlat xizmatlari markazlari tomonidan viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida harakatlanish uchun berilgan maxsus ruxsatnomalar karantin tugaguniga qadar amal qiladi (bunda maxsus ruxsatnomalarning amal qilish muddatini uzaytirish bo‘yicha qo‘shimcha harakatlar talab etilmaydi).
Qo‘shma qarorda Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 apreldagi 17-son bayoni bilan tasdiqlangan Avtotransport vositalari harakatlanishiga maxsus ruxsatnomalar talab etilmaydigan holatlar ro‘yxatini amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq turli tushunmovchiliklarning oldini olish maqsadida quyidagi avtotransport vositalari harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmasligi alohida ko‘rsatib o‘tildi:
davlat sog‘liqni saqlash tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransport vositalari (1-band);
xususiy tibbiyot tashkilotlari (xususiy klinika, dorixona va boshqa tibbiyot tashkilotlari)ning xizmat avtotransport vositalari (2-band);
yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan yo‘nalishsiz taksilar (shu jumladan, shaxsiy davlat raqamli avtotransport vositalari) yo‘lovchilarsiz, yetkazib berish xizmati ko‘rsatish maqsadida (4-band) harakatlanishi uchun maxsus ruxsatnoma (stiker) talab qilinmaydi.
Shuningdek, qo‘shma qarorda Davlat soliq qo‘mitasiga oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyum va vositalar, shuningdek, birinchi navbatdagi zarur mahsulotlar yetkazib berish xizmati ko‘rsatishda narxlarning asossiz ravishda ko‘tarilishining oldini olish choralarini ko‘rish topshirildi.
Qo‘shma qarorga muvofiq, karantin davrida nogironlik muddati tugaydigan fuqarolarni qayta ko‘rikdan o‘tkazmasdan, nogironlik muddatlari avtomatik tarzda uzaytirilgan holda pensiya (nafaqa) to‘lovlari davom ettiriladi.
Shuningdek, karantin davrida pensiya va nafaqa (jumladan, dafn marosimi va bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa)larga huquqi paydo bo‘lgan fuqarolarga, karantin tadbirlari tugagandan keyin 1 oy davomida Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limlariga murojaat etish huquqi taqdim etiladi, bunda ularga pensiya (nafaqa)lar karantin cheklovlari davridagi huquqi paydo bo‘lgan sanadan tayinlanadi.
Bank plastik kartalari va ishonchnoma orqali pensiya (nafaqa) olayotgan hamda tayinlangan pensiya (nafaqa)ga bo‘lgan huquqini tasdiqlash muddati kelgan, shaxsni tasdiqlovchi hujjati (pasport) muddati tugagan fuqarolardan hujjat talab etmasdan, to‘lov muddatlari 4 oy muddatga uzaytiriladi.
Iqtisodiyot tarmoqlarining muhim yo‘nalishlari va yirik ishlab chiqarish tashkilotlarini faoliyatini davom ettirish, shuningdek, yirik qurilish ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini davom ettirish (boshlash)ga Respublika maxsus komissiyasining hududiy shtablari rahbarlarining qaroriga (yig‘ilish bayoni) muvofiq ruxsat berilishi belgilandi. Bunda ushbu tashkilotlarning faoliyati davrida sanitariya va gigiyena qoidalariga to‘liq rioya qilishi, o‘z faoliyatini faqatgina tegishli ob’ekt hududi doirasida tashkil etishi, shuningdek, ularni ovqatlantirishni mazkur ob’ekt hududida tashkillashtirish uchun shaxsiy javobgarlik tegishli xo‘jalik birlashmasi rahbari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklanadi.
Ommaviy-axborot vositalarida e’lon qilingan ma’lumotlar asosida
X.Sodiqov va A.Abdug‘afforov tomonidan to‘plandi
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! X.Sodiqov va A.Abdug‘afforov tomonidan to‘plandi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing