
Buxoro viloyati Vobkent tumani «G‘aribshoh» mahallasida yashovchi, 2000 yilda tug‘ilgan M.S. buxorolik B.M.ga o‘zini Milliy gvardiya xodimi sifatida tanishtirib, sodir etgan huquqbuzarligi yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga undan pul talab qilgan.
Kelishilgan pullarni Buxoro shahar A.Somiy ko‘chasida joylashgan «Rahmatillo» savdo do‘koni oldida olayotgan vaqtida huquq tartibot idoralari xodimlari tomonidan jinoyat ustida qo‘lga olindi.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan M.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Buxoro ViloyatiVobkent TumaniMilliy GvardiyaHuquqbuzarlikJinoyat IshtirokchilariTergov Harakatlari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar