21:20 / 20.09.2021
3 557

Prezident yangi qaror qabul qildi

Prezident yangi qaror qabul qildi
Islom taraqqiyot banki va OPЕK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokida «Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Qishloq aholi punktlarining me’moriy qiyofasini tubdan yangilash, hududlarni kompleks rivojlantirish, yo‘l-transport infratuzilmasi, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini barpo etish orqali aholining turmush madaniyatini yuksaltirish maqsadida:

«Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish» loyihasini moliyalashtirish uchun Islom taraqqiyot banki tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi 20 yil muddatga 200 million AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi to‘g‘risidagi qaror 2020 yil 19 dekabrda Islom taraqqiyot banki Direktorlar Kengashi tomonidan va OPЕK xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga oluvchi 20 yil muddatga 75 million AQSH dollari miqdorida qarz ajratilishi to‘g‘risidagi qaror 2020 yil 16 dekabrda OPЕK Direktorlar Kengashi tomonidan ma’qullanganligi;

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (keyingi o‘rinlarda – BMTTD)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Loyihani amalga oshirish davrida mas’ul ijro etuvchi organning hamkori sifatida faoliyat ko‘rsatishi va u tomonidan Loyiha uchun 3,05 million AQSH dollari miqdorida grant mablag‘i ajratilishi;

Loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining ulushi 59,95 million AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lardan iborat ekanligi;

Loyiha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlarining 20 ta tumanidagi 170 ta MFY (40 ta markaziy, 130 ta yondosh mahalla)larda amalga oshirilishi;

Loyihani amalga oshirish davri 5 yilni (2021-2025 yillar) tashkil etishi ma’lumot uchun qabul qilindi.

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Loyihani o‘z vaqtida amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek, ITB va OPЕK kreditlaridan maqsadli va samarali foydalanish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;

Loyiha doirasida subloyihalarni loyihalovchi va pudrat ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlarni tanlab olish «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi Qonun talablari asosida ochiq va shaffof usulda amalga oshiriladi;

Loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi barcha tashkilotlar Loyiha bo‘yicha imzolangan qarz (kredit) bitimlarida ko‘rsatilgan mexanizmlar talablariga amal qiladi;

Loyihani amalga oshirish doirasida ITB hamda OPЕKning kreditlarini qaytarish, shu jumladan, qo‘shimcha haq (ustama) va foizlar, xizmat ko‘rsatganlik uchun haq va boshqa to‘lovlar bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident yangi qaror qabul qildi