
O‘zbekistonda 2022 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqa miqdorlarini va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi. Bu haqda manbalariga asoslanib «Davletovuz» Telegram kanali xabar qildi.
Qayd etilishicha, 2022 yilda davlat qarzlarini so‘ndirish xarajatlari 10 trillion so‘mdan ortiq, shu jumladan, davlat qarziga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foiz to‘lovlari uchun xarajatlar 4 trillion so‘mdan ortiq bo‘lishi kutilmoqda. Shuningdek, 2022 yilda ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmat turlari bo‘yicha tariflarni oshirish bilan bog‘liq xarajatlarga 11,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

Foto: Telegram / @davletovuz
Ta’kidlanishicha, Pensiya jamg‘armasiga transfertlar uchun 14 trillion so‘m, ta’lim kreditini moliyalashtirishga 1 trillion so‘m, Davlat tibbiyot sug‘urtasi jamg‘armasi xarajatlari uchun 600 milliard so‘m ajratiladi. Koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun xarajatlarga 1,7 trillion so‘m yo‘naltiriladi.
Eslatib o‘tamiz, prezident farmoni bilan 1 sentabrdan boshlab budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdori 1,1 barobarga oshirildi. Farmonga ko‘ra, pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — oyiga 289 000 so‘m, yoshga doir eng kam pensiyalar — oyiga 565 000 so‘m, bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa — oyiga 622 000 so‘m etib belgilangan.
Ish HaqiPensiyaStipendiyaNafaqaDavlat QarziKoronavirus Pandemiyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar