Foto: «Xabar.uz»
50-yillarda qashshoqlikka yuz tutgan Koreya davlati qanday qilib bunchalik tez rivojlanishga muvaffaq bo‘ldi ekan? Ehtimol, bu ularning o‘sha paytdayoq istiqbolli kelajak raqamli texnologiyalarni eng birinchi o‘zlashtirganlar qo‘lida bo‘lishini anglab yetgani bilan bog‘liqdir. Nima bo‘lganda ham Koreya bugun kuchlilar orasida. U ko‘p marotaba dunyo e’tirofiga sazovor bo‘lgan mamlakat. BMTning elektron hukumat rivojlanishi reytingida esa 3-o‘rindagi davlatdir.
Bugun biz uch oy davomida mamlakatimizda bo‘lib, BMTning elektron hukumat reytingida O‘zbekiston o‘rnini ko‘tarish bo‘yicha hamkorlikda ish olib borgan koreyalik konsultant An Xi Chul janoblari bilan suhbatlashdik.
– Assalomu alaykum, An Xi Chul janoblari! Avvalo, bugungi suhbatga rozilik bildirganingiz uchun tashakkur. Bizni, avvalo, O‘zbekistonga tashrifingizdan ko‘zlangan asosiy maqsad bilan tanishtirsangiz?
– Koreya bilan O‘zbekiston elektron hukumat hamkorligi doirasida ekspert guruhi tuzilgan edi. Ushbu guruh tarkibida men ham O‘zbekistonga keldim.
– Bu yerdagi faoliyatingiz davomida ma’lumotlar topish yoki boshqa masalalarda qandaydir qiyinchiliklarga duch kelmadingizmi?
– O‘zbekistonda 3 oy davomida ishlagan bo‘lsam, deyarli qiyinchilik sezilmadi. Chunki O‘zbekiston tomon menga har tomonlama yordam berdi. Lekin men bitta narsadan qo‘rqdim, ya’ni qilgan tadqiqotlarim yoki olib borgan ishlarim natijalari O‘zbekiston hukumatiga, birga ishlagan hamkorlarimga yoqmasligi haqida o‘yladim.
– Sizningcha, O‘zbekiston elektron hukumatni rivojlantirishda nimalarga ahamiyat berishi kerak deb o‘ylaysiz? Agar Koreya tajribasidan kelib chiqib, takliflaringizni aytsangiz, biz bundan judayam xursand bo‘lardik.
– Avvalo, elektron hukumatni rivojlantirishda eng ahamiyat berish kerak bo‘lgan jihat bu – infrastruktura deb o‘ylayman. Bunda ikkita narsani tushunsa bo‘ladi. Birinchisi, texnik infrastruktura, ikkinchisi, normativ quyi bazani yaratish. Texnik infratruktura deganda biz har xil antennalar, stansiyalar yoki O‘zbekistonda ishlatilayotgan internetning yaxshilanishini nazarda tutamiz. Koreya misolida gapirsak, mana shunday baza, ya’ni poydevor yaratib bo‘lgandan so‘ng aholiga, O‘zbekiston fuqarolariga raqamlashtirish bo‘yicha ko‘nikmalar berish, turli treninglar o‘tkazish zarur. Masalan, infrastruktura yo‘lga qo‘yilib, yaxshi mahsulotlar ishlab chiqilgani bilan fuqarolar uni ishlatishni bilmasa, hammasi befoyda. Shuning uchun ham Koreyada hanuzgacha raqamlashtirish bo‘yicha treninglar yoki darslar o‘tkazib turiladi.
– Bizni yana bir ma’lumot qiziqtiradi. Koreyada axborotlar almashinuvida ma’lumotlar markazlashgan yagona bazadan olinadimi yoki davlat tashkilotlarining bir-biriga integratsiya qilinishidanmi?
– Koreyada ma’lumotlar almashinuvi uchun markazlashgan yagona baza bor. Ya’ni resurslarni ishlatish, davlat tashkilotlari hujjatlari yoki boshqa ma’lumotlarni saqlaydigan markazlashgan yagona baza. Bundan tashqari, Koreyada go.kr portali ham mavjud bo‘lib, unga barcha davlat tashkilotlari, vazirliklar integratsiyalashtirilgan. Ular bor ma’lumotlarini ushbu portalga yuklashadi. Bu aholining davlat xizmatlaridan foydalanishida har tomonlama qulaylik beradi.
– Bilamiz, xavfsizlik har doim dolzarb masala bo‘lib kelgan. Ma’lumotlar yagona bazadan olinsa, ularning xavfsizligi qanday ta’minlangan?
– Yuqorida ta’kidlaganimdek, Koreyada ma’lumotlar – resurslarning markazlashgan yagona bazasi degan tashkilot bor. Ma’zlumotlar xavfsizligini ushbu tashkilot ta’minlaydi. Bundan tashqari, kiberhujumlarga qarshi har xil uskunalar mavjud. Shuningdek, boshqa tashkilotlar ham kiberhujumlar yoki xavfsizlikni ta’minlashga ko‘maklashadi.
– Ayting-chi, Koreyada davlat idoralari tomonidan ishlab chiqilayotgan dasturiy ta’minotlar ichki dasturchilar tomonidan yaratiladimi yoki tashqaridan, autsorsing tartibida alohida dasturchi yollanadimi? Aytmoqchi bo‘lganim, davlat tashkilotlari uchun markazlashgan dasturchilar tashkiloti bormi?
– Koreya davlat idoralari dasturiy ta’minot kerak bo‘lganida buni tender orqali ichki dasturchilarga e’lon qiladi. Ya’ni dasturiy ta’minotni 99 foiz hollarda ichki dasturchilarning o‘zlari ishlab chiqishadi. Agar ularga qandaydir yordam kerak bo‘lsa, boshqa davlatdagi dasturchilar bilan hamkorlik qilishlari ham mumkin. Lekin, mening bilishimcha, hech qachon tashqaridan autsorsing tartibida alohida dasturchi yollanmaydi.
– An Xi Chul janoblari suhbat uchun, bergan takliflaringiz uchun katta rahmat. Sizga nafaqat soha xodimlari, balki O‘zbekiston xalqi nomidan hamkorlik va do‘stona ko‘magingiz uchun alohida minnatdorlik bildirib qolamiz.
Sh.Isroilova suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi