O‘zbekistonliklar xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali 7 milliard so‘mdan ortiq keshbek yig‘di. Bu haqda DSQ raisi Sherzod Kudbiyev 17 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan soliq ma’muriyatchiligidagi yangiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida aytib o‘tdi.
«Daryo» muxbiri Og‘abek Samisovning sotuvchilarning terminaldan yechmasdan, plastik kartochkaga to‘lov tizimlari orqali o‘tkazib berishni so‘rashi muammosi bo‘yicha qanday ishlar qilinayotgani haqidagi savolga Sherzod Kudbiyev shunday javob berdi:
«Siz yaramizni ochib, tuz sepib, yana yopib qo‘ydingiz. Eng katta qilgan ishimiz shu bo‘ldiki, prezident farmoni bilan onlayn kassa mashinalarini ishlatish bo‘yicha qator talablar kuchaytirildi. Eng katta talablardan biri onlayn kassa mashinasidan ikkita chek – alohida kassaning cheki, alohida terminal chekini berish to‘xtatilsin, bitta chek berilsin, deyildi».
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu borada amalga oshirilgan ishlardan yana biri xarid chekini ro‘yxatdan o‘tkazish orqali keshbek yig‘ish bo‘ldi.
«Men o‘zim ham anchagina keshbek yig‘ib qo‘ydim. Bugungi kunda aholining jami keshbek summasi 7 milliarddan oshdi. Istalgan xaridingizdan bir foiz olasiz. Kurashish yo‘li faqat qamchi bilan bo‘lmaydi. Endi odamlar o‘zi kurashishi kerak. Siz, men va boshqalar. Agar hamma keshbek so‘rab, bir foizdan yig‘sa, toma-toma ko‘l bo‘ladi. Biz endi 7 milliard so‘m pulni xalqimizga qaytarib berishimiz kerak. Lekin shu keshbek uchun ham tanqid bo‘ldi. Tanqid juda to‘g‘ri narsa, tanqid faol fuqarolik xizmati bo‘lgani uchun bo‘ladi», – deya qo‘shimcha qiladi u.
Sherzod Kudbiyev fuqarolarga do‘konlarda chek berilmasa, fuqaro o‘sha do‘konning QR kodini skaner qilib turib «Soliq hamkor» tizimiga kiritishi kerakligini ham aytib o‘tdi.
«Agar QR kod qo‘yilmagan bo‘lsa ham do‘konni suratga olib, chek berilmaganini aytib, ariza berilsa, biz arizani ko‘rib chiqamiz va buning natijasida do‘konga 5 milliondan 20 milliongacha jarima qo‘llaymiz. Agar jarima bir oy ichida to‘lansa, 50 foizi to‘lanadi. Qancha jarima undirilsa, 20 foizi ariza bergan insonga beriladi», – deydi u.
DSQ raisi o‘zi bilan bog‘liq bir holatni eslab o‘tdi.
«Men o‘zim bir do‘kondan chek oldim. Uyga kelib, chekni kiritaman desam, o‘sha chek o‘tmayapti. Keyin darrov Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti rahbari Hayot Nasrulloyevga qo‘ng‘iroq qildim. U menga chekim ro‘yxatga olinganini aytdi. Keyin buning tagiga yetdik – chekni olgan vaqtda sotuvchi ikkita chek chiqargan va o‘ziga keshbekni olgan. Agar kimdadir shunday holat bo‘lsa bizga murojaat qilinsa biz buni to‘g‘rilaymiz», – dedi u.
Hayot Nasrulloyevning qo‘shimcha qilishicha, «agarda kimdir chekni ro‘yxatdan o‘tkazgan bo‘lsa, kim ro‘yxatdan qachon o‘tkazganligi va uning telefon raqami chiqadi».
«Siz shu inson bilan ham qo‘ng‘iroqlashishingiz mumkin. Haqiqiy chek qo‘lingizda bo‘lsa va shundan keyin soliq idorasiga murojaat qilsangiz, buni ko‘rib chiqamiz», – deya qo‘shimcha qiladi u.
«Bu sohada ham ishlarni davom ettiramiz. Chek bermaganlarga keskin choralar ko‘riladi. Chekni odamlarning o‘zlari so‘rashi kerak. Qamchi yo‘li bilan yoki soliq nazorati tadbirlari bilan buni to‘g‘rilash qiyin bo‘lyapti. Chekning puli nega birdaniga tushmayapti? Masalan, siz do‘kondan ruchka sotib oldingiz. Lekin keyinroq siz bu ruchkani qaytarib berish ham huquqingiz bor. Hisobot davri tugamaguncha yoki bu chekni o‘zgartirish bo‘lmaguncha vaqt o‘tadi. Bitta hisobot davri tugagandan keyin kelasi hisobot davrining 20-sanasigacha cheklarning pullarini yuklab olish imkoniyati bo‘ladi», – deya so‘zini yakunladi Sherzod Kudbiyev.
Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev 24 may kuni bo‘lib o‘tgan «Toshkent 5 tashabbus harakati» festivali doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvda sotuvchilarning terminaldan yechmasdan, plastik kartochkaga to‘lov tizimlari orqali o‘tkazib berishni so‘rashini katta muammo deb atagan va unga qarshi kurashish kerakligini ta’kidlagandi.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning oktabr oyida prezidentning nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qarori qabul qilingandi. Hujjat bilan 2022 yil 1 yanvardan boshlab chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish ob’ektlarida xaridni amalga oshirgan hamda ushbu xaridni soliq organlarining maxsus mobil ilovasida xarid chekining QR kod yordamida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazgan jismoniy shaxslarga ularning bank kartalariga oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi respublika budjetidan qaytariladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi