Fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bu siyosiy partiyalardir. Siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatini siyosiy tizim bilan o‘zaro aloqalarining doimiyligini ta’minlaydi.
Siyosiy partiyani tashkil etish va ro‘yxatdan o‘tkazish “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonun, Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
“Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunning 1-moddasiga asosan, siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir.
Ushbu Qonunning 6-moddasiga ko‘ra, siyosiy partiyani tuzish uchun kamida sakkizta hududiy sub’ektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo‘lgan kamida yigirma ming fuqaroning imzosi bo‘lishi talab etiladi.
Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat bo‘lishi, ular partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini shakllantirish hamda ta’sis s’ezdi yoki konferensiyasini chaqirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani tuzishlari lozim.
Tashkiliy qo‘mita tuzilgan kundan boshlab uzog‘i bilan uch oy faoliyat ko‘rsatish huquqiga egadir.
Siyosiy partiya ta’sis s’ezdida yoki konferensiyasida tuziladi. Ta’sis s’ezdi yoki konferensiyasi partiya ustavi va dasturini qabul qiladi, uning saylab qo‘yiladigan organlarini tuzadi.
Siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ustav qabul qilingan kundan e’tiboran bir oy muddat ichida Adliya vazirligiga partiya rahbar organining kamida uch a’zosi imzolagan ariza, ustav, dastur, ta’sis s’ezdi yoki konferensiyasining bayoni, davlat boji qonunda belgilangan miqdorda to‘langanligini tasdiqlovchi bank hujjati taqdim etiladi.
Bunday hujjatlardan tashqari ushbu Qonun talablari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar, shu jumladan mazkur partiyaga birlashish istagini bildirgan yigirma ming nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining o‘zlari imzo qo‘ygan ro‘yxati, saylab qo‘yiladigan organlarning a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan yili, turar joyi va ish joyi, telefon raqami), rahbar organ a’zolariga vakolatlar, shu jumladan ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonida yoxud munozaralar kelib chiqqan taqdirda sudda partiya nomidan ishtirok etish huquqi berilganligi to‘g‘risidagi partiya oliy organining qarori ilova qilinadi.
Siyosiy partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza u tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalariga binoan siyosiy partiyani ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Agar siyosiy partiyaning ustavi, maqsadlari, vazifalari va faoliyat uslubi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga zid bo‘lsa yoki oldinroq xuddi shunday nomdagi siyosiy partiya yoki jamoatchilik harakati ro‘yxatga olingan bo‘lsa, bu partiya ro‘yxatga olinmaydi.
Siyosiy partiyani ro‘yxatga olishni rad etish ustidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga belgilangan tartibda shikoyat qilish mumkin.
So‘ngi yillarda Adliya vazirligiga nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan siyosiy partiyani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.
Vazirlik tomonidan barcha murojaatlar qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.
Xususan, Adliya vazirligiga 2021 yil 7 aprelda “Haqiqat va taraqqiyot” sotsial-demokratik partiyasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha bir guruh fuqarolar ariza bilan murojaat qildi.
Vazirlik tomonidan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatda ko‘rib chiqilib, partiyani davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etildi.
Arizani rad etishga partiyaga birlashish istagida bo‘lgan fuqarolarning o‘zlari imzolagan ro‘yxati qonunchilikda belgilangan talablarga javob bermasligi bo‘ldi.
Qonunchilikka ko‘ra, partiyani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun unga birlashish istagida bo‘lgan kamida 20 ming nafar fuqaroning ro‘yxati taqdim qilinishi lozim bo‘lsada, arizaga 9 873 nafar fuqarolarning ro‘yxati ilova qilingan.
Aniqlanishicha, ro‘yxatdagi fuqarolarning 42 nafari vafot etgan hamda ayrimlarining imzolari partiya tuzish bilan bog‘liq bo‘lmagan holda turli sabablar asosida yig‘ilgan.
Siyosiy partiya boshqa nodavlat notijorat tashkilotlaridan o‘zining, maqsadi va vazifalari, maqomi, siyosiy jarayonlarda qatnashish huquqlari mavjudligi bilan ajralib turadi.
Ushbu o‘ziga xos xususiyatlar sababli siyosiy partiyani tashkil etish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun qonunchilikda boshqa nodavlat notijorat tashkilotlaridan farqli ravishda alohida talablar belgilangan.
Shu bilan birga, siyosiy partiyaning asosiy vazifasi fikrlari mushtarak bo‘lgan fuqarolarni davlatning rivojlanishi strategiyasini belgilash maqsadida birlashtirish ekanligidan kelib chiqib, partiyani tashkil etishda fuqarolarning ushbu partiya maqsadi va vazifalaridan to‘liq xabardor bo‘lishi hamda ularni to‘liq qo‘llab-quvvatlashi juda muhimdir.
Xulosa qilib aytganda, aksariyat aholi manfaatlarini ifodalaydigan partiya tashkil etishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlashning asosiy mezonidir.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi