Hindistonning eng yirik kinokompaniyalaridan biri Panorama Studios O‘zbekistonda “Khuda Haafiz” (Tangri panohida asrasin) deb nomlangan romantik jangari filmni suratga olishni boshladi.
Filmga Faruk Kabir rejissyorlik qilmoqda. O‘zbekistonga suratga olish ishlarida ishtirok etish uchun Hindistondan 130 kishi va AQSh, Rossiya hamda Yevropaning bir qator davlatlaridan 30 kishi keldi.
Shuningdek, O‘zbekistondan filmning suratga olinishida mingdan ko‘proq odam – aktyorlar, texnik xodimlar, ommaviy sahnalar ishtirokchilari jalb qilinadi.
Filmning O‘zbekistonda suratga olish byudjeti 1 mln dollarga yaqinni tashkil qilishi kutilmoqda. Film Toshkentda va Xivada suratga olinadi, keyingi suratga olish ishlari Hindistonda davom ettiriladi.
“Biz O‘zbekistonda film suratga olayotganimizdan mamnunmiz. Bu biz uchun nafaqat bu yerda ishlash, balki mamlakatingiz bilan yaqindan tanishish uchun imkoniyatdir. Davlatingiz rahbariyati kinoturizm sohasiga hozirda qatta e’tibor qaratmoqda. Yaqinda butun dunyo mamlakatingizda suratga olish uchun noyob joylar borligidan xabar topadi, boz ustiga 2020 yildan O‘zbekistonda “rebate” tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Ishonchim komil, shundan keyin sizga ko‘plab xorijiy, ayniqsa hind kinokompaniyalari oqib keladi”, deb aytgan film prodyuseri Satish Sharma. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Aleksandr Lukashenko Belarus Qurolli kuchlari Bosh shtabi raisini lavozimidan chetlatdi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”