08:30 / 31.12.2019
4 505

77 ta retro mashinalar “O‘zbekkino”ga topshirildi

77 ta retro mashinalar “O‘zbekkino”ga topshirildi
“O‘zbekkino” Milliy agentligi binosida Yangi yil tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda taniqli kinoijodkorlar, kino sohasi mutaxassislari, jurnalist va blogerlar taklif etildi.

Tadbir doirasida «O‘zbekkino» hovlisida hukumatimiz tomonidan taqdim etilgan 77ta retro avto va mototransportlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Mazkur avtomashinalardan kelgusida yurtimizda suratga olinadigan filmlarda zamon ruhini aks ettirish maqsadida foydalaniladi.

Tadbirda so‘zga chiqqan “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov yakuniga yetayotgan yilda amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritib, 2020 yilda amalga oshirilishi kutilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, yangi yilda kutilayotgan eng yirik hodisalardan biri Toshkent kinofestivalidir. 1968-1992 yil yillar davomida o‘tkazilgan bu festival o‘z davrida jahon kinosining nufuzli tadbirlaridan hisoblangan. Yangi yilda ushbu festivalning tiklanishi yurtimiz madaniy hayotidagi yirik voqealardan biri bo‘lishi mumkin. Mazkur anjuman arafasida Alisher Navoiy nomidagi kino saroyi rekonstruksiya qilinishi ham ko‘zda tutilgan.

Tadbirda shuningdek, joriy yilda yuksak mukofotlarga erishgan yosh o‘zbek kinoijodkorlari ham taqdirlandi. Jumladan, bir qator xalqaro kinofestivallarda yuksak natijalarni qayd etgan yosh kinorejissyor Shokir Xoliqovga yangi filmlar suratga olishi uchun bir milliard so‘mlik sertifikat taqdim etildi.

Tadbir ishtirokchilari “O‘zbekkino” huzurida tashkil etilgan Kino san’ati muzeyi hamda Yosh kinoijodkorlar laboratoriyasi bilan ham tanishdilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 77 ta retro mashinalar “O‘zbekkino”ga topshirildi