20:30 / 19 марта 2020
1 948

Manzura: San’atkor «stavka»sini 500 dollarga ko‘tarish uchun necha yillab konsert beradi axir (video)

Manzura: San’atkor «stavka»sini 500 dollarga ko‘tarish uchun necha yillab konsert beradi axir (video)
Foto: Instagram / @manzura_singer
Xonanda Manzura jurnalist Feruz Muhammadning «IntervyuTV» loyihasiga bergan intervyusi davomida o‘zbek shou-biznesining naqadar zerikarli ekanligi, xonandalar nega ko‘p pul topishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Intervyu davomida Manzura o‘zbek shou-biznesi juda zerikarli ekanligini ta’kidlab, O‘zbekistonda hamma narsa to‘yga qaralishini bildirgan. «Masalan, san’atkorlar to‘ydan pul topishi kerak. Ular ‘dejurka’ qilgan ishni qilishadi — ‘Yor-yor’ aytishadi, chaqaloqni kutib olishadi, qayerdadir onalar operatsiyasiga repertuar qilishadi… Dunyo miqyosidagi shou-biznes bunaqamasda», — deydi Manzura.

Nega san’atkorlar ko‘p pul ishlab topadi degan savollarga esa xonanda ularning chiqimi ko‘p deya izoh bergan.

«San’atkor o‘zining ‘stavka’sini 500 dollarga ko‘tarish uchun necha yil konsert beradi axir. 10—15 yillar klip olib, televideniyega reklamaga pul to‘lab, rotatsiyalarni qilib, orada yana oldi—berdi bo‘lib san’atkor bo‘lishadi. Bitta qo‘shiqning bitishiga taxminan 2 ming dollar ketadi deylik. Videoklipiga yana 6 ming dollar qo‘shasiz, reklamasiga esa yana qo‘shasiz…

Necha yillar davomida konsert beradi, u konsert 20—30 ming dollarga tushishini gapirmaydi-ku. San’atkorda chiqim ko‘p
», — deydi xonanda.

Ma’lumot uchun: Manzura Yo‘ldosheva — 1978 yilning 21 fevralida Toshkent sharida, O‘zbekiston xalq rassomi Muborak Yo‘ldoshev oilasida dunyoga kelgan. 1996 yilda Manzura opasi Nigina va dugonasi Nargiza bilan «Sebonu» guruhini tuzgan. Iqtidorli xonanda Ravshan Zokirov boshchiligida trio 2 ta qo‘shiq yozib, «Ofarin-96» ko‘rik tanlovida 2-o‘rinni egallagan. Manzura Uspenskiy nomidagi musiqa maktabini hamda Toshkent davlat konservatoriyasini tamomlagan. «Muhabbat sinovlari», «Sevginator» kabi filmlari unga muvaffaqiyat keltirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)