date
views 45 488

Prezidentning yangi farmoni qabul qilindi

Prezidentning yangi farmoni qabul qilindi
«Iqtidorli mutaxassislarning xorijda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash, ularda kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari bo‘yicha ta’lim olish uchun eng munosib nomzodlarni saralash maqsadida prezidentning «El-yurt umidi» stipendiyasi joriy etiladi.

«El-yurt umidi» stipendiyasi egalari ochiq tanlov asosida test sinovlari va suhbat o‘tkazish orqali aniqlanadi. Test sinovlarida nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va kreativlik qobiliyatlari, psixologik barqarorligi baholanadi.

Bakalavriat bo‘yicha hamda magistratura va doktorantura bo‘yicha xalqaro reyting tashkilotlarining global reytingi natijalariga ko‘ra:

- birinchi yuztalikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) to‘liq qoplanadigan grant asosida qabul qilingan nomzodlarga «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

- birinchi uch yuztalikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalariga qabul qilingan nomzodlarga xalqaro transport va turarjoy xarajatlari uchun «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi;

- birinchi yigirmatalikka kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qish xarajatlari (tuition fee) kamida 50 foiz qoplanadigan grant asosida qabul qilingan Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablari bitiruvchilariga «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiyalari tanlovlarsiz ajratiladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezidentning yangi farmoni qabul qilindi
-->