date

Mening maktabim tashabbusi: loyiha topshirish yakunlandi

Mening maktabim tashabbusi: loyiha topshirish yakunlandi
2025/2026 o'quv yili uchun "Mening maktabim" tashabbusi doirasida loyiha topshirish jarayoni yakunlandi. Bu haqda O'zbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Ushbu davr mobaynida umumiy hisobda maktablardan 112,2 mingta loyiha taqdim etilgan. Eng ko'p tashabbus Toshkent shahri maktablari tomonidan taqdim etilgan bo'lib, ularning soni 18,2 mingtani tashkil etdi.

Ma'lumot uchun: loyihalarni tanlash bosqichi 2025-yil 1-noyabrdan 10-noyabrgacha o'tkaziladi, ovoz berish esa 11-noyabrdan 20-noyabrgacha bo'lib o'tadi. Tashabbus doirasida 5-sinfdan 11-sinfgacha bo'lgan o'quvchilar o'z maktablarini rivojlantirish bo'yicha g'oyalarini taklif etishi va "Ochiq byudjet" portalida ovoz berishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mening maktabim tashabbusi: loyiha topshirish yakunlandi