
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O'zbekiston va Vengriya o'rtasida jinoyatchilarni ekstraditsiya qilish to'g'risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonun loyihasini ma'qulladi. Ushbu hujjat 2025-yil 20-may kuni Budapesht shahrida imzolangan edi.
Hozirgacha O'zbekiston va Vengriya o'rtasida ekstraditsiyaga oid shartnoma mavjud emas edi. Yangi kelishuv 26 ta moddadan iborat bo'lib, jinoyatlarda gumon qilinayotgan yoki sudlangan shaxslarni ikki davlat o'rtasida qanday shartlar asosida topshirilishi mumkinligini belgilaydi.
Shartnoma kuchga kirgach, ikki davlat huquqni muhofaza qilish organlari jinoiy ishlarni yanada samarali tergov qilish va aybdorlarni jazolashda hamkorlikni kuchaytirishi mumkin bo'ladi. Bu jinoyatchilarning javobgarlikdan qochib qutulishiga yo'l qo'ymaslikka yordam beradi, deya ta'kidlashdi deputatlar.
Mazkur qonun loyihasi ko'rib chiqish uchun Senatga yuborildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.