date

Mirziyoyev Tokayevni Toshkentda kutib oldi

Mirziyoyev Tokayevni Toshkentda kutib oldi
Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Tokayev davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi va «Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Tokayev ushbu zamonaviy aeroport ochilganidan keyin uni ziyorat qilgan birinchi davlat rahbari bo‘ldi.

Aeroportda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Prezidentining dastlabki uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlik va ittifoqchilikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, ertaga, 15-noyabr kuni, oliy darajadagi muzokaralar va Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev Tokayevni Toshkentda kutib oldi