
Adliya vazirligi O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov tartibini yangilashga oid hujjatni ro‘yxatdan o‘tkazdi. Mazkur hujjatning ayrim bandlari vazirlikning Telegram sahifasida e’lon qilindi.
Yangi tartibga ko‘ra, birinchi kurs talabalari kontrakt summasining kamida 25 foizini sentyabr o‘rtasigacha to‘lashi kerak. Yuqori kurs talabalari esa ushbu to‘lovni oktyabr boshigacha amalga oshirishi lozim.
Shuningdek, yanvar oyining boshiga qadar kontraktning 50 foizi, 1 martgacha esa 75 foizi to‘lanishi belgilangan. To‘liq to‘lov esa 1 maygacha amalga oshirilishi shart.
Shu bilan birga, Davlat komissiyasi bu muddatlarni uzaytirish vakolatiga ega. Kontrakt mablag‘lari yosh o‘qituvchilar va ilmiy xodimlarning malakasini oshirishga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, oliy ta’lim muassasalari ehtiyojmand talabalarga moliyaviy yordam ko‘rsatishi mumkin. Bu yordam bir talaba uchun yiliga oltitagacha eng kam ish haqini tashkil etadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.