
O'zbekiston YuNESKOning oliy ta'lim bo'yicha malakalarni tan olishga oid Global konventsiyasini ratifikatsiya qildi. Bu hujjatga a'zo mamlakatlarda o'zbek diplomlarini legallashtirishni yengillashtiradi.
Ratifikatsiya akti YuNESKOga topshirilganidan uch oy o'tgach, O'zbekiston ushbu Konventsiya to'liq ishtirokchisiga aylanadi. Endi o'zbekistonliklar Janubiy Koreya, Yaponiya, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi davlatlarda o'z diplomlarini tasdiqlashni osonlashtirishi mumkin.
Ushbu mamlakatlar malakali mutaxassislarga ehtiyoj yuqori va diplomlarni tan olish jarayoni shaffofligi bilan ajralib turadi. Shuni ta'kidlash joizki, O'zbekiston Markaziy Osiyoda ushbu Konventsiyaga qo'shilgan birinchi davlat va dunyo bo'yicha 39-davlat bo'ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.