date

36 mln fuqaroning tibbiy ma'lumotlari raqamlashtirildi

36 mln fuqaroning tibbiy ma'lumotlari raqamlashtirildi
O‘zbekistonda 36 milliondan ortiq fuqaroning tibbiy ma'lumotlari yagona elektron DMED tizimiga kiritildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida joylashgan Raqamli sog‘liqni saqlash markazi va Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya markazining Samarqand filiali faoliyati bilan tanishdi.

Ma'lum qilinishicha, tez yordam xizmatida elektron boshqaruv joriy etilishi brigadalar yetib borish vaqtini qisqartirdi. “Elektron retsept” tizimi dori-darmonlar bo‘yicha asossiz buyurilish holatlarini 40 foizga kamaytirib, dori vositalari aylanishini yanada shaffoflashtirdi.

Raqamli infratuzilmaga 3 mingdan ortiq tibbiyot muassasalari ulanishi ta'minlandi, minglab kompyuterlar xarid qilindi. Bundan tashqari, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy kardiologiya markazining Samarqand filiali to‘liq yangilandi.

Ushbu muassasa rivoji uchun 52 milliard so‘m yo‘naltirildi. Bugungi kunda markaz 100 o‘rinli bo‘lib, 262 turdagi zamonaviy jihozlar bilan ta'minlangan.

Mobil diagnostika yordamida 7 mingga yaqin bemor koronarografiyadan o‘tdi, yurak operatsiyalari soni esa yiliga 383 tadan 590 tagacha oshdi. Mutaxassislar tayyorlash uchun kardiokirurgiya bo‘yicha ordinatura tashkil etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 36 mln fuqaroning tibbiy ma'lumotlari raqamlashtirildi