
Toshkentda havo sifatini yaxshilash maqsadida 24 soatlik choralar davom etmoqda, deb xabar berdi shahar hokimiyati. 26-noyabr kuni 77 ta sug'orish mashinasi jalb etilib, markaziy va ichki ko‘chalarning 485 kilometr masofasi yuvib chiqildi.
Hokimiyat 2,5 mingga yaqin qurilish obyektlarini tekshirdi va ularning 890 tasida ishlar to‘xtatildi. Shuningdek, yuk mashinalari harakatini tig‘iz vaqtda cheklash choralarini kuchaytirgan holda, 14 haydovchi zararli chiqindilar me’yoridan oshgani uchun jarimaga tortildi.
Ekologik holatni yaxshilash maqsadida shaharda 58 ta favvora ishga tushirildi, 180 dan ortiq maktab va bolalar bog‘chalarida sug‘orish tizimlari yo‘lga qo‘yildi. Kommunal xizmatlar tomonidan 3,1 ming tonnadan ortiq chiqindilar olib chiqildi va bozorlar atrofidagi hududlar tozalandirildi.
27-noyabr soat 12:00 holatiga ko‘ra, Toshkentda havo ifloslanish darajasi 203 ko‘rsatkichiga yetib, "Juda zararli" darajaga kirgan. PM2.5 zarrachalar konsentratsiyasi 128,0 mkg/m³ ni tashkil qilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.