date

Somali elchisi O‘zbekistonda faoliyatni boshladi

Somali elchisi O‘zbekistonda faoliyatni boshladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Somali Respublikasining ilk elchisi Ali Muhammadning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

"Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni turli istiqbolli yo‘nalishlarda yanada mustahkamlashga sodiqligimizni bildirdik", — dedi Saidov. Somali 2004-yil 17-fevral kuni O‘zbekiston mustaqilligini tan olgan.

Mogadishu va Toshkent o‘rtasida diplomatik aloqalar joriy yilning fevral oyi boshida o‘rnatilgan. Ikkala davlat vakillari Nyu-York shahrida deklaratsiya imzolagan.

2025-yilga kelib Somali aholisining soni 19,2 million kishiga yetishi prognoz qilinmoqda, jon boshiga yalpi ichki mahsulot $1,9 mingni tashkil etadi. O‘tgan asrning 90-yillarida ushbu Afrika davlatida bir qator harbiy mojarolar yuz bergan.

2009-yildan boshlab bugungi kungacha mamlakatda fuqarolar urushi davom etmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Somali elchisi O‘zbekistonda faoliyatni boshladi