O‘zbekiston Metrik Konvensiyaga qo‘shildi

O‘zbekiston xalqaro Metrik Konvensiyaga qo‘shildi. Ushbu qonun joriy yilning 27-noyabrida qabul qilinganini Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Mazkur konvensiya turli davlatlar o‘rtasida metrologik standartlarning birligini ta’minlashga qaratilgan. Dastlab, 1875-yilda Parijda 17 ta davlat tomonidan imzolangan.
Imzo chekkan davlatlar qatorida Argentina, Belgiya, Ispaniya, Rossiya va AQSh ham bo‘lgan. Hujjatni qabul qilish mamlakatlarga o‘zaro kelishilgan va aniq o‘lchov me’yorlaridan foydalanish imkonini berdi.
Shuningdek, ushbu konvensiya asosida Xalqaro o‘lchov va vaznlar byurosi hamda qo‘mita tashkil etilgan. Ular xalqaro metrologiyani muvofiqlashtirish va o‘lchov tizimlarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanishadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing