
Fitch agentligi prognoziga ko‘ra, kelgusi yilda O‘zbekiston banklaridagi muammoli kreditlar hajmi umumiy kreditlar miqdorining 9-10 foizigacha yetishi mumkin. Ekspertlar bu holatni davlat banklari bilan bog‘liq xavflarning tan olinishi davom etayotgani bilan izohlashmoqda.
Shuningdek, kreditlashning “sabr muddati” tufayli chakana portfellarning qadrsizlanishi ham ortishi kutilmoqda. Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra, o‘tgan o‘n oyda banklardagi muammoli kreditlar hajmi 22,4 trillion so‘mga yetgan.
Oylik o‘sish 5,1 foizni tashkil etgan. Bu hajmning asosiy qismi davlat ulushi mavjud moliyaviy tashkilotlarga (15,8 trillion so‘m) to‘g‘ri kelmoqda, xususiy banklarda esa bu ko‘rsatkich 6,6 trillion so‘mni tashkil qilmoqda.
Shunga qaramay, Fitch agentligi 2024 yilda O‘zbekiston bank sektori barqaror bo‘lishini kutmoqda. Tahlilchilarning fikricha, Toshkent banklarni xususiylashtirish bo‘yicha yanada maqsadli dasturlar joriy etadi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.