Mastantuono Arbeloa bilan Real maqsadlariga erishishiga ishonadi

Madridning «Real» klubi yarim himoyachisi Franko Mastantuono jamoaning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Argentinalik futbolchi Arbeloa unga ishonayotganini aytib, murabbiylar shtabining qo‘llab-quvvatlashi uchun minnatdorlik izhor etdi. Mastantuononing ta’kidlashicha, Arbeloa kuchli mutaxassis va uning qo‘l ostida «Real» belgilangan vazifalarni bajarishga qodir.
Mastantuono «qirollik klubi» safiga o‘tgan yozda «River Pleyt»dan kelib qo‘shilgandi. U «Real» bilan 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnomani imzolagan.
Joriy mavsumda Franko 21 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma qayd etdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing