date

Inter Modrichning vatandoshini Dinamodan tarkibiga qo‘shib oldi

Inter Modrichning vatandoshini Dinamodan tarkibiga qo‘shib oldi

Italiya chempionatida yangi transfer: 18 yoshli xorvatiyalik himoyachi Leon Yakirovich Zagrebning «Dinamo» klubidan Milan «Inter»iga o‘tdi. Bu haqda «neradzurrilar» matbuot xizmati rasmiy ma’lumot berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yakirovich Milan klubi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma imzoladi. Transfermarkt bahosiga ko‘ra, bitim qiymati 2,5 million yevroni tashkil etadi. Yangi futbolchi dastlab «Inter»ning yoshlar jamoasida to‘p suradi.

«Inter» hozirgi mavsum A Seriyada peshqadam bo‘lib turibdi. 22 turdan keyin milanliklar 52 ochko jamg‘argan va eng yaqin ta’qibchini besh ochkoga ortda qoldirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Inter Modrichning vatandoshini Dinamodan tarkibiga qo‘shib oldi