
2025 yilning yanvar-noyabr oylarida O'zbekistonda 379,1 mingta avtomobil sotildi. Bu haqda UzAuto ma'lum qildi.
Eng ko'p sotilgan avtomobillar UzAuto Motors tomonidan ishlab chiqarilgan bo'lib, ular soni 184,8 mingni tashkil etdi. Shuningdek, Khorezm Auto 130,9 mingta mashina sotdi.
Dekabr oyining boshiga kelib, ADM Jizzakh tomonidan 40,5 mingta, BYD Uzbekistan tomonidan 21,2 mingta avtomobil sotilgan. Asaka Motors 1,1 mingta, SamAuto esa 400 ta mashina sotishni amalga oshirgan.
Modellar bo'yicha olib qaralganda, Chevrolet Cobalt eng ko'p tanlangan avtomobil bo'lib, undan 112,5 ming dona sotilgan. Shuningdek, Damas 97,7 mingta va Tracker 41,1 mingta sotilgan.
Ma'lumot uchun, joriy yilning o'n oyida O'zbekistonda Chevrolet Cobalt modelidan 131,7 ming dona ishlab chiqarilgan, ammo ushbu model ishlab chiqarilishi 2 foizga kamaygan.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.